Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Prezident Shavkat Mirziyeyovning kelishi uchun tayyorlangan “jiddiy hujjatlar to‘plami” haqida maʼlum qildi

“Biz O‘zbekiston prezidentining davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘ryapmiz, umid qilamizki tashrif joriy yilda bo‘ladi. Juda jiddiy hujjatlar to‘plami tayyorlangan – birinchi navbatda savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasida, shu birgan boshqa sohalar jumladan mudofaa yo‘nalishida ham. Biz umid qilamizki, bu tashrif haqiqatan ham tarixiy bosqichga aylanadi “, – dedi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko.

Uning qo‘shimcha qilishicha, o‘tgan yili Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar aylanmasi 5,9 milliard dollarga yetgan va bundan keyin ham o‘sishda davom etadi.