Blogerlarga vakolat berish masʼuliyat va professionallik nuqtai nazaridan xavflidir

Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova, “Bloger va jurnalist – bu bir biriga bog‘liq bo‘lmagan yo‘nalishlar!”, deya taʼkidladi.

Uning fikricha, blogerlarga jurnalist kasbi funksiyalari bilan vakolat berish masʼuliyat va professionallik nuqtai nazaridan xavflidir.

– Bloger va jurnalist tushunchalari bir xil emas. Eng muhimi, kim yaxshiroqligini aytishning hojati yo‘q va jurnalist vazifasini blogerga yuklash kerak emas.

Zaxarova jurnalistlar va blogerlarning asosiy farqi ularning faoliyatidagi masʼuliyat darajasiga bog‘liqligini taʼkidladi. “Yana bir farq – bu professionallik va taʼlim darajasidadir”.

“Bloger chiroyli yozishi mumkin, lekin u o‘z ishidan (jamiyatga) qanday zarar yoki foyda olishini tushunmaydi”, deb qo‘shimcha qildi u.