Qumtorda qazib olingan tonnalab oltin “yo‘qolib” qolgan

Qirg‘iziston hukumati shu yilning may oyining o‘rtalarida Kanadadagi «Centerra Gold Inc» kompaniyasini Qumtor oltin koni boshqaruvidan chiqarib yuborgani edi.

Shundan so‘ng «Kumtor Gold Kompani» operatori ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ommaviy axborot vositalariga berib turiladigan va nashr etiladigan har chorakdagi hisobotlarni to‘xtatgan.

Iqtisodiyot va moliya vaziri Oqilbek Japarov bergan maʼlumotlarga ko‘ra, Qirg‘iziston tashqi nazorati ostida to‘rt oy ichida Qumtorda 4,1 tonna oltin qazib olingan. Biroq, deputat Dastan Bekeshev aytadiki, hech kim aniq qancha miqdorda oltin qazib olinishini va uning qayerdaligini aniq bilmaydi.

“… Milliy bank Qumtordan oltin sotib olmaganini maʼlum qildi. Milliy statistika qo‘mitasi oltin eksportining keskin pasayishini ko‘rsatmoqda. Oltin mamlakatda, lekin hech kimga uning qayerdaligi aytmayapti. 4 tonna oltin qayerda? 4 tonna oltin ishlab chiqarildimi? Balki ko‘proq? Ilgari 4 oyda 6 tonna ishlab chiqarilar edi”, – deb yozadi deputat o‘z Telegram kanalida.