Koronavirus bilan qayta kasallanish mumkinmi?

Koronavirus pandemiyasi tarqalishni boshlaganidan beri olimlar turli xil izlanishlar olib bordilar. Mutaxassislar maymunlarda turli xil emlash vositalarini sinab ko‘rdilar.

Kuni kecha chop etilgan maqolalardan birida infeksiya bilan qayta og‘rish mumkin emasligi aytildi.

25ta maymun koronavirus infeksiyasidan tuzalganidan keyin ularda virusni qayta yuqtirish holati kuzatilmadi. Shuningdek yana boshqa 25 ta maymun infeksiyaga qarshi emlangan va qolgan 10 nafari emlanmagan. Emlangan hayvonlar virusni yuqtirmagan, emlanmagan maymunlar esa kutilganidek kasallikni yuqtirgan.

Har ikkala tajriba ham olimlarga umid bag‘ishlagan bo‘lsada, ular buni odamlarda qanday natija berishini aniq ayta olmadilar. Insonlarda virusni yuqtirgandan keyin unga qarshi immun tizimi shakllanadimi yoki yo‘qmi, hozircha aniq emas.

SOVID-19 uchun tasdiqlangan davolash usuli yoki vaksinalar mavjud emas. Mutaxassislar xavfsiz va samarali vaksinani ishlab chiqish 18 oygacha davom etishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Amerikaning “Inovio Pharmaseutisals” kompaniyasi ham o‘zining tajribaviy dorisi sichqon va Gvineya cho‘chqalari organizmida immun tizimini shakllantirganini  maʼlum qildi.

Aprel oyida boshlangan va 40 nafar ko‘ngillida sinab ko‘rilgan vaksinalar sinovi natijasi kelgusi oyda maʼlum bo‘lishi kutilmoqda. Bu iyul yoki avgust oylarida sodir bo‘lishi mumkin.

O‘tgan hafta Donald Tramp AQSH hukumati joriy yil oxirigacha barcha mavjud vaksinalarga sarmoya kiritishi haqida eʼlon qildi.