Internet nashrlarida “ISI (Pokiston Idoralararo razvetkasi)ning ikkitomonlama geosiyosiy o‘yini” va Pokistonning Afg‘onistondagi “strategik chuqurlik” tushunchasi barbod bo‘ldi, deb yozmoqda baʼzi siyosiy sharhlovchilar.
Ularning tahlillariga ko‘ra, “Pokistonda aholining kamida 30-40 foizi Pokistondan ko‘ra Afg‘oniston Tolibon Islomiy Amirligiga ko‘proq sodiqdir”. Bunday vaziyatda sharhlovchilar “Islomobodning Afg‘oniston Tolibon amirligi bilan urushi Pokistonni falaj qiladi va uni ichkaridan yo‘q qiladi”, deb taʼkidlamoqda.
Bu sharhda qiziq narsa shundaki, birinchidan, Pokiston va Afg‘oniston Tolibon o‘rtasida urush bo‘lishi mumkinligi prinsipial ravishda taklif qilingan bo‘lsa, ikkinchidan, bugungi kunda Afg‘onistondagi Tolibon loyihasi muvaffaqiyati Islomobod g‘alabasidan ko‘ra Tolibonning shaxsiy g‘alabasiga aylanib borayotganini ko‘rsatmoqda.
Bu esa Pokiston davlat modelining ichki barqarorligiga tahdid soladigan yangi strategik muammo. Ehtimol, bularning barchasi harbiylarning tahlillaridir.
Biroq tahlillardagi prognozlar mavjud holatdan kelib chiqib tayyorlanishini unutmaslik kerak.