Iqtisodchi Otabek Bakirov:
Gaz eksporti bo‘yicha statistikadagi farq noyabrda ham davom etgan va hatto karrasiga kengaygan ham.
🇺🇿Demak, O‘zbekiston statistikasiga ko‘ra, noyabr oyida 39,6 mln.dollarlik gaz eksport bo‘lgan.
🇨🇳Xitoy statistikasi bo‘yicha esa noyabr oyida O‘zbekistondan 114,2 mln.dollarlik gaz import qilingan.
❗️Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston rasmiylari gaz eksporti to‘xtatilganini bir necha marta eʼlon qilishgan. Oxirgi marta bunday chiqish dekabr boshida yangradi.
Statistikasi rasmiylarining bayonotlariga va qo‘shni davlatlar statistikasiga to‘g‘ri kelmaydigan O‘zbekistonda gaz eksport qiluvchi faqat “O‘ztransgaz” deyilgani bilan, gaz eksport qiladigan boshqa kompaniyalar to‘g‘risidagi maʼlumotlar doim yashirib kelinadi.
Darvoqe, juda og‘ir kelgan noyabr oyida O‘zbekiston xorijdan 28,5 mln.dollarlik gaz, 16,5 mln.dollarlik elektr import qilgan. Doimgidek, gaz va elektr import qilingan mamlakatlar qaysilar ekani, hajmi va tabiiyki, ularning narxini bilish va solishtirish imkonsiz. Shuning uchun ham O‘zbekistonda faqat “qora xalqqa bo‘laveradi” qabilida yuzaki statistika ochiqlanadi.