Kamoliddin Rabbimov 1999—2002-yillarda Oʻzbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi aspiranturasida oʻqigan. 2000—2001-yillarda Oʻzbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida ilmiy tadqiqotchi, 2001—2004-yillar „Ijtimoiy fikr“ sotsiologik tadqiqotlar markazida ilmiy tadqiqotchi, 2004—2005-yillarda Fuqarolik jamiyatini oʻrganish institutida katta ilmiy xodim vazifalarida ishlagan. 2007—2021-yillarda Fransiyada yashagan.
Turkiya va Suriyadagi zilzila, ko‘plab insonlarning vafotiga sabab bo‘ldi. Hamdardman. Turkiyadek qurilish sohasida ildam davlatda shuncha bino buzilganligi – juda qo‘rqinchli holat. O‘zbekiston ham zilzilaga moyil hududda joylashgan.
Qurilish sohasidagi standartlarimiz, va shu standartlarga amal qilish – qoniqarli yoki ijobiy darajada deb umid qilaman. Turkiyadagi zilziladan so‘ng, yaponiyalik ekspertlar “bizda 9 balli zilzilada ham uylar buzilmaydi. Bu yerda 7 balli zilzilada ko‘plab binolar buzildi. Standartlarga amal qilinmagan” deb xulosa beribdi.
Bu zilzila Erdog‘an maʼmuriyati uchun jiddiy imtihon. Roppa-rosa ikki oy bir haftadan keyin prezidentlik saylovlari bo‘ladi. Zilzila sabab, Turkiya ijtimoiy kayfiyatidagi prioritetlar o‘zgardi: iqtisodiy-ijtimoiy muammolar biroz ortga surildi, qurilish xavfsizligi, zilzila qurbonlariga yordam, uysiz qolganlari uy-joy bilan taʼminlash – oldinga chiqadi.
Ushbu zilzila fonida turk muxolifatiga eʼtibor biroz pasaydi, hukumatga eʼtibor va bosim yana-da oshadi. Lekin, o‘ylashimcha, bu vaziyatda Erdog‘an o‘zini kuchli inqiroz menejeri sifatida ko‘rsata oladi. Natijada, ushbu zilzila ham Erdog‘anning qayta saylanishi uchun, qo‘shimcha foizlarga sababchi bo‘lishi mumkin.
