Kamoliddin Rabbimov 1999—2002-yillarda Oʻzbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi aspiranturasida oʻqigan. 2000—2001-yillarda Oʻzbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida ilmiy tadqiqotchi, 2001—2004-yillar „Ijtimoiy fikr“ sotsiologik tadqiqotlar markazida ilmiy tadqiqotchi, 2004—2005-yillarda Fuqarolik jamiyatini oʻrganish institutida katta ilmiy xodim vazifalarida ishlagan. 2007—2021-yillarda Fransiyada yashagan.
21-asrning qolgan qismida, O‘zbekiston oldida, o‘ta jiddiy chaqiriqlar turadi. Davlatning, Millatning mustaqilligini saqlab qolish masalasi – o‘tkirlashib boradi. O‘zbekiston, Markaziy siyo – ikkita gigant avtoritar va raqamli totalitar davlatlar hisoblangan Rossiya Federatsiyasi va Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan, ochiqcha va ohista nazoratiga o‘lja bo‘laveradi.
Bu ikki davlat, O‘zbekistonda va Markaziy Osiyoda, demokratiya o‘rnatilishiga tish-tirnog‘i bilan qarshi bo‘laveradi. Chunki, mintaqada demokratiya bo‘lishi bilan, markazlashgan avtoritarizm ishdan chiqadi. Markazlashgan hokimiyat bilan xalqni boshqarish, jilovlab turish imkonsiz bo‘ladi. Xalqlarning turkiy va diniy o‘zliklari erkinlashadi, hokimiyatga taʼsir qila boshlaydi.
Shuning uchun, mintaqada, bu ikki davlat, bor imkoniyati bilan, bunday keyin demokratiya bilan tizimli kurasha boshlaydi. Agar mintaqa hokimiyatlari demokratiyaga real qadamlar qo‘ymasa, ushbu ikki davlat, yaqin o‘n yilliklarda, raqamli avtoritarizmni shakllantirishda, bor kuchini ishga soladi. Va yangi real voqelik yaratishadi. Asrning ikkinchi yarimiga borib, biz ham xuddi uyg‘urlar kabi tutqinda bo‘lamiz.
Formal mustaqil bo‘lamiz, lekin hokimiyatlarimiz Moskva va Pekinning izmida bo‘lib, milliy va diniy o‘zlik bilan, siyosiy faollik bilan kurashishni davlat siyosatining asosiy vazifasi qilib olishgan bo‘ladi. O‘zbeklar o‘zbeklar bilan kurashadi. Davlat xalq bilan kurashadi. Xalqni Rossiya va Xitoyga bo‘ysundirish – davlatning asosiy ishi bo‘lib qoladi.
