Yaponiya avariyaga uchragan AES suvini okeanga to‘kmoqchi

Yaponiya Fukusima AES ning ifloslangan suvini okeanga tashlashga qaror qildi. Qo‘shma Shtatlar qarorni maʼqulladi, ammo Xitoy va Koreya qattiq qarshi. “Fukusima-1” atom elektr stansiyasining ishdan chiqarilishiga o‘nlab yillar kerak bo‘lishi mumkin.

Shu sabab, Yaponiya hukumati 2 yildan keyin radioaktiv moddalardan tozalangan suvni dengizga quyishni boshlaydi. 2022 yil oxiriga kelib, omborlar suvga to‘la bo‘ladi, shuning uchun suvni yo‘qotish kerak.

Tokioning bu qarori tortishuvlarga sabab bo‘ldi. AQSH buni maʼqulladi, lekin Pekin bu qadam masʼuliyatsiz va boshqa mamlakatlarga zarar yetkazishi mumkinligini aytdi. Seul bu vaziyatdan afsuslanishini bildirdi va suvni tozalash haqida maʼlumotlarni oshkor etishni talab qildi.

Yaponiya bosh vaziri Yosixide Sugoni tushuntirishicha, okeanga tashlanish eng real variant hisoblanadi. Tozalangan suvda tritiy miqdori xalqaro meʼyordan 40 baravar kam bo‘ladi.

Bunday suvni ichish mumkin.

Hukumat bu suvni radioaktiv emas, balki tozalangan deb atamoqda. Lekin, shunga qaramasdan radionuklidlar sonini nolga emas, balki dengizga qo‘shib yuborishga imkon beradigan darajaga kamaytiriladi.

Shunga qaramasdan, tozalangan suvda qoladigan radioaktiv moddalar miqdori nomaʼlum bo‘lib qolmoqda.

Bizda esa, 2018 yil sentyabr oyi boshida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumatlari mamlakat hududida AES qurish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolaganlar. Rossiyaning “Rosatom” davlat korporatsiyasi “3+” avlod VVER-1200 reaktorlari bilan jihozlangan ikkita energiya blokdan iborat majmua qurishni rejalashtirgan.

Maʼlumot uchun

“Fukusima-1” atom elektr stansiyasidagi avariya – bu 2011 yil 11 mart juma Yaponiya tarixidagi eng kuchli zilzila va undan keyingi sunami natijasida qayd etilgan va Xalqaro yadroviy voqealar miqyosidagi (ИНEС) maksimal 7-darajali radiatsion avariya.

Kommutatorlar, zaxira generatorlari va batareyalar joylashgan podvallarni suv bosishi stansiyaning to‘liq quvvatini yo‘qotishiga va favqulodda sovutish tizimlarining ishlamay qolishiga olib kelgan.

164 mingga yaqin odam ifloslangan joylardan evakuatsiya qilingan. Shu bilan birga, kasalxonalardan evakuatsiya paytida parvarish yetishmaganligi sababli 50 nafar og‘ir kasal bevaqt vafot etgan.