Olimpiya sport o‘yinlarida siyosiy o‘yinlar ham avj olmoqda

Kuni kecha barcha OAVlari Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi belaruslik sportchi Timanovskaya bilan vaziyatni o‘rganayotganini eʼlon qildi.

Avvalroq, yuguruvchi uni majburan Tokiodan Minskga qaytarishga urinayotganliklarini aytgandi.

Timanovskaya 100 va 200 metr masofalarda chiqish qilishi kerak edi. Ammo u 4×400 estafetasiga ham qo‘yildi. Start dushanba kuniga rejalashtirilgan edi. Shundan so‘ng, sportchi videomurojaat bilan chiqdi.

U o‘zi eʼlon qilinmagan musobaqalarda qatnashishga majbur bo‘lganidan g‘azablandi va Belarus sport idoralarini tanqid qilgan.

Belarus Milliy olimpiya qo‘mitasida tushuntirilgandek, sportchini mamlakatga qaytarish qarori “uning hissiy va psixologik holati tufayli” qabul qilingan.