“SpaceX”dan sunʼiy yo‘ldoshli internet bo‘yicha batafsil maʼlumotlar

“Starlink”ni dastlabki foydalanuvchilari uni qor va sovuq ob-havoda sinab ko‘rdilar.

“Starlink”ning sunʼiy yo‘ldosh Interneti foydalanuvchilarga noldan past haroratda, shamol va qorda soniyasiga 150-175 megabit (17,8-20 megabayt) tezlikni taqdim etadi. “SpaceX”ning sunʼiy yo‘ldosh aloqa tizimining birinchi foydalanuvchilarining reddit hisobotlarini o‘rganib chiqqan Business Insider bu haqda maʼlumot bermoqda.

Qo‘shma Shtatlar shimolidagi “Starlink” foydalanuvchisi havo harorati pastroq bo‘lganida ham internet tez ishlashini aytgan.

U bergan maʼlumotlarga ko‘ra, ko‘cha Farengeyt bo‘yicha 12 daraja (minus 11 Selsiy) bo‘lganida, kiruvchi ulanish tezligi 175 megabitga yetgan.

Foydalanuvchilar moʻtadil qor yog‘ishi ham “Starlink”ga xalaqit bermaydi, deb taʼkidlamoqdalar. Bundan tashqari, aloqa sifati namlikdan yomonlashmaydi: terminalga tushgan qor uning yuzasida eriydi.

Internet tezligining pasayishi Qo‘shma Shtatlarning shimolida bir foydalanuvchi tomonidan, bir soatda yetti santimetr qor yog‘ib, shamol tezligi soatiga 80 kilometrga bo‘lganda qayd etilgan. Qorli bo‘ronda kiruvchi aloqa sekundiga 20-30 megabitgacha (2,5-3,7 megabayt) sekinlashgan, chiquvchi – 3-4 megabitgacha.

• Eslatib o‘tamiz, “SpaceX” 2020 yil oktyabr oyi oxirida “Starlink”ning beta-sinovini boshlagan. Dastur ishtirokchilari 499 dollarga uskunalar to‘plamini (terminal, ulanish moslamasi, yo‘riqnoma) harid qilgan bo‘lib, xizmat uchun obuna to‘lovi oyiga $ 99ni tashkil etgan edi.