“Truth Social” – Trampning yangi ijtimoiy tarmog‘i

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Tvitter o‘z akkauntini to‘xtatganidan bir yil o‘tib “Truth Social” deb nomlangan ijtimoiy tarmoq ilovasini ishga tushirdi.

Apple App Store do‘konida cheklangan miqdordagi foydalanuvchilarga taqdim etilayotgan ilova kelgusi 10 kun ichida barcha foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lishi kutilmoqda.

Ilova ishga tushirilgandan bir necha soat o‘tgach, foydalanuvchilarning ko‘pligi sababli ilovada muammo yuzaga keldi.

Twitter, YouTube va Facebook ijtimoiy media platformalari 2021 yil 6 yanvarda Trampning akkauntlarini 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida Kongress reydi va firibgarlik harakatlariga hissa qo‘shgani haqidagi ayblovlar tufayli muzlatib qo‘ygan edi.

Tramp esa 2021 yil fevral oyida Trump Media and Technology Group (TMTG)ga asos solgan va oktyabr oyida ushbu kompaniya qoshida “TRUTH Social” deb nomlangan ijtimoiy media platformasini yaratishni rejalashtirayotganini eʼlon qilgan edi.