Tabiiy ofatlar, geosiyosiy urushlar oziq-ovqat yetishmasligini yana-da aniqlashtirmoqda

Pokistonda yoz davomida tinimsiz quygan jala 1355 kishi umriga zomin bo‘ldi. Pokiston Favqulodda vaziyatlar milliy agentligi maʼlumotiga ko‘ra, qurbonlar orasida 481 nafar bola va 273 nafar ayol bor.

Tabiiy ofat oqibatida 1 712 514 uyga shikast yetgan, 753 187 bosh chorva hayvoni nobud bo‘lgan.

Suv toshqinlaridan jami 33,4 million kishi jabrlangan, ulardan 634 749 nafari vaqtincha boshpana vazifasini o‘tayotgan chodirlarga ko‘chishga majbur bo‘lishgan.

Bunday ofatlar doim bo‘lgan, muammo shundaki, asosiy yer maydonlariga ega davlatlar o‘rtasida urush fonida nafaqat ekin maydonlari ochiq qolmoqda balki, BMTning “Rossiya g‘allasi va o‘g‘itlarining jahon bozorlariga erkin chiqishiga to‘sqinlik qiluvchi logistik sanksiyalarni bekor qilish” vaʼdasi bajarilmaganligi uchun Rossiya tashqi ishlar vaziri S.Lavrov bir necha bor chiqishlar qildi.

O‘g‘itlar yetishmasligi xosilni kamayishiga, xosilni kamayishi Narxlar oshishiga olib keladi! Shuni unitmaslik kerakki, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari boshqa tayyor mahsulotlarni asosiy tarkibi hisoblanadi bu o‘z navbatida zanjir reaksiyasi orqali boshqa sektorlarga ham qattiq taʼsir ko‘rsatishi mumkin!

Bu  zanjir reaksiyasi Jahon bozoriga judayam katta taʼsir qiladi!