O‘zbekistonda endi boylar elektr uchun 4 karragacha qimmat to‘laydi

Demak, 1 noyabrdan boshlab:

elektr energiyasining quvvati o‘rtacha oylik isteʼmol miqdoridan oshib ketgan III guruh isteʼmolchilariga:

1 001 dan 5 000 kVt soatgacha isteʼmol uchun belgilangan tarifga nisbatan 2 barobar;

5 001 dan 10 000 kVt soatgacha isteʼmol uchun belgilangan tarifga nisbatan 3 barobar;

10 000 kVt soatdan yuqori isteʼmol uchun belgilangan tarifga nisbatan 4 barobar koeffitsiyent qo‘llaniladi.

Bu bo‘yicha o‘zgarishlar Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 15 iyuldagi 245- sonli qarori bilan tasdiqlangan va 1 noyabrdan kuchga kiradi.

Haqiqat uchun aytish joizki, haddan tashqari ko‘p elektr energiyasi isteʼmol qiluvchilar uchun oshirilgan koeffitsiyentlar 2020 yildayoq kiritilgan, lekin amalda qo‘llanilmay kelgan.

Avvalroq oyiga 10 ming kVt.soatdan ortiq elektr ishlatayotgan oligarx, korchalon va cho‘ntaklarga de-fakto 1,1 trln.so‘m subsidiya berilgani haqida yozgan edik. Shu pullar pensiyaga, stipendiyaga, o‘qituvchilar oyligiga sarflanishi mumkin edi.

Va nihoyat, to‘g‘ri qadam bosish boshlangandek. Nihoyat hukumat elektr energiyasi tariflari borasida sevimli boylar tarafdan uzoqlashib ijtimoiy qatlamga qayisha boshlagan.

Mana buni adolatli haqiqat desa bo‘ladi. Inqilobiy adolatli haqiqat!