O‘zbekiston zaxiralari tarixiy maksimumni qayd etdi

Mamlakat zaxiralarining asosiy qismini tashkil qiluvchi oltinning yanvardagi yuqori narxlari zaxiralar qoldig‘ini bo‘yicha maʼlumotlar ochiqlash boshlagandan beri o‘tgan davrdagi tarixiy maksimumgacha 35 941,9 mln. dollargacha ko‘tardi. Avvalgi maksimum 2022 yili may oyida qayd etilgandi (35 900,8 mln. dollar).

Lekin, qayd etish lozim, import hajmi zaxiralarimizdan ko‘ra tezroq surʼatda o‘smoqda. Xususan, yaqindagina zaxiralarimiz 20 oylik importni qoplash darajasida bo‘lgan bo‘lsa, endilikda garchi zaxiralar deyarli 36 mlrd. dollarga yetgan bo‘lsada, endi u 14 oylik qoplash darajasini tashkil etmoqda.

Yanvarda zaxiralarning valyuta qismi 331,3 mln. dollarga yaʼni 11 314,1 mln. dollargacha kamaygan.

Zaxiralarni oltin qismi esa, garchi uning fizik hajmi 300 ming unsiyaga kamaygan bo‘lsada, qiymatda 491,7 mln. dollarga yaʼni 23 556,4 mln. dollargacha ko‘paygan. Oltinning fizik hajmi qisqarganiga qaraganda, yanvarda yaxshigina hajmda (0,3 mln. unsiya va oylik ishlab chiqarish hajmi doirasida) oltin sotilgan bo‘lishi mumkin.

Oltin narxlari fevralning dastlabki kunlarida ham juda yuqori bo‘lib 1 960 dollargacha ko‘tarilgan. Ayni damda 1 870 dollargacha arzonlagan.