Markaziy Osiyodagi geosiyosiy o‘yinlar

Markaziy Osiyo ko‘ptomonli yondashuvga ega mintaqadir. Mintaqada joylashgan mamlakatlar o‘z yo‘nalishlarini bir kuchli davlatdan ikkinchi kuchli davlat tomon doimo o‘zgartirib turadi. Tez o‘zgarib turadigan milliy manfaat ular uchun asosiy tashqi yo‘nalishdir.

Yana bir narsa – Markaziy Osiyo mamlakatlari moliyaviy-iqtisodiy hamkorlik olib bormoqchi bo‘lganlar bilan har doim ham munosabat o‘rnata olmaydilar garchi mustaqil deb hisoblansalarda!

Darhaqiqat, kuchsizliklari uchun turli kutilmagan yakun bilan tuzilgan shartnomaviy “tuzoq”lar ularni doimiy ravishda kutib turadi. Markaziy Osiyo respublikalari uchun, ayniqsa, ularning geosiyosiy “baxtsizligi” – Rossiya, Xitoy va Eronga yaqinligidadir.

Markaziy Osiyo kimga va nima uchun kerak? Kimga kerak emas degan savolga javob berish osonroq.

Mintaqa birinchi navbatda Qo‘shma Shtatlar (jamoaviy G‘arb), Rossiya, Xitoy, Eron va Turkiya uchun muhimdir. Shuningdek, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Afg‘onistonga ham. Qancha ko‘p “ko‘zlar” va “manfaatlar” unga yo‘naltirilgan bo‘lsa, u shunchalik himoyasiz. Undan foydalanmoqchi bo‘lganlarning barchasining maqsadlari bir-biriga qarama-qarshidir. Bu esa mintaqani yanada kuchsizlartiradi.

Bu shuni anglatadiki, ko‘p vektorli tashqi siyosat, ma’lum bir davlatning suverenitetini mustahkamlash, dunyo o‘yinchilari o‘rtasida muvozanatni saqlash, ular uchun “kerakli” bo‘lish shu bilan birga mustaqillikni ta’minlash juda qiyin. Chunki, ba’zi tashqi sheriklar Markaziy Osiyoda barqarorlikka, boshqalari esa noqonuniy va jinoiy manfaatlar lobbisi uchun betartiblikka muhtojdir.

Masalan, Markaziy Osiyodagi beqarorlik Vashington uchun manfaatli – bu avtomatik ravishda Xitoy, Rossiya va Eron xavfsizligiga zarba beradi. Shuningdek, Afg‘onistonni Markaziy Osiyodan turib “boshqarish” osonroq.

Boshqa tomondan, Xitoy Markaziy Osiyodan barqarorlikni, o‘z chegaralarining xavfsizligini, mintaqadan energiya manbalarining kirib kelishini va tovarlarni sotishni – to‘g‘ridan-to‘g‘ri va tranzit bilan Yevropaga chiqishga muhtoj. XXRning ekspansiyalash siyosati asosan moliyaviy, iqtisodiy, texnologik va logistik xususiyatga ega.

Eronga kelsak, Amerika Qo‘shma Shtatlarining o‘z chegaralariga har qanday munosabati Islom Respublikasi uchun davlat xavfsizligi masalasidir. Rossiya va Xitoy uchun ham. Shu bilan birga, Rossiyaning harbiy bazalari Markaziy Osiyoning ikki respublikasida joylashtirilganligini ham aytib o‘tish kerak.