Turkiya Afg‘oniston muzokaralariga Rossiyani yaqinlashtirmoqchi emas

Turkiya Tolibon harakati delegatsiyasini Afg‘onistonga aprel oyida rejalashtirilgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyaga taklif qilmoqchi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligining Janubiy Osiyo departamenti direktori Xoqon Tekin maʼlum qildi.

Bir oz avval saytimizda Turkiya Afg‘oniston muzokaralariga Rossiyani taklif qilmadi. Anqara ushbu yo‘nalishda Vashington bilan suhbatlashishga qaror qilganligi bo‘yicha material eʼlon qilgan edik.

Turkiya tomoni konferensiyaga Rossiya vakillarini taklif qilishni rejalashtiryaptimi yoki yo‘qmi degan savolga javoban Tekin hali biron bir davlatga taklifnoma yuborilmaganligini taʼkidladi. “Ammo, albatta, Rossiya bizning yaqin sherikimizdir, biz maslahatlashuvlarimizni davom ettiramiz va kelishuvlarni Rossiya tomoni bilan muvofiqlashtiramiz”, dedi.

Unga ko‘ra, Istanbuldagi konferensiya sanasi hali kelishilmagan. “Biz bu borada ishlayapmiz va konferensiyada rejalashtirilgan kelishuvlarga erishamiz deb umid qilamiz”.

7 mart kuni The New York Times gazetasi o‘zida mavjud hujjatga asoslanib, AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘aniga xat yuborib, unda respublikada mavjud holat bo‘yicha muzokaralar olib borilishi va tinchlik o‘rnatish bo‘yicha BMT homiyligida konferensiya o‘tkazishni taklif qilganini xabar qildi. Keyinchalik, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li Afg‘onistonni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha muzokaralar Istanbulda o‘tkazilishini tasdiqladi. Ular aprel oyida bo‘lib o‘tadi deb taxmin qilinmoqda, ammo aniq sanasi hali belgilanganmagan.

Mazkur yig‘ilishga Afg‘oniston Milliy Xavfsizlik Kengashi (MXB) kotibi doktor Hamdulloh Mohib, “Istanbuldagi va umuman boshqa joylarda tashkil etiladigan muzokaralar jarayoniga nafaqat Qatar idorasidagi “rasmiy” Tolibon delegatsiyasini, balki Tolibon harakatidagi boshqa fraksiyalar vakillarini ham jalb qilish kerak. Afg‘oniston hukumati “afg‘onlararo kelishuv” jarayonida Tolibon ichidagi qarama-qarshiliklardan foydalanmoqchi bo‘lganga o‘xshaydi”, – deya fikr bildirmoqda.