Rossiyasiz Afg‘oniston inqirozi hal qilinishi

Amerika Qo‘shma Shtatlari, O‘zbekiston, Pokiston va Afg‘oniston o‘zi ichidagi inqirozni hal qilish bo‘yicha maslahatlashuvlar uchun yangi maydon yaratdi.

Biroq, O‘zbekistonda tashkil etilgan mintaqa xafvsizligi bo‘yicha kelishuvlarga rus ekspertining qarshi fikri bilan quyida:

Milliy tadqiqot universiteti Sharqshunoslik maktabi rahbari A.Maslov yangi format mintaqadagi vaziyatni barqarorlashtirishga yordam bermasligini taʼkidladi.

▪️ Bunday maydonlarni yaratish Afg‘oniston muammosiga mutlaqo noto‘g‘ri yondashuvdir. Buni faqat asosiy mintaqaviy kuchlar: Rossiya va Xitoy ishtirokida hal qilish mumkin. RF va XXRsiz har qanday munozaralar muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.

▪️ Afg‘oniston muammosi allaqachon Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) doirasida hal qilinmoqda. Muqobil maydonning paydo bo‘lishi befoyda.

▪️Afg‘onistondan qo‘shinlari chiqarilgandan so‘ng, AQSh hukumati Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston manfaatlariga eʼtibor bermasdan, mintaqadagi vaziyatga taʼsir o‘tkazishda davom etmoqchi.