Afg‘oniston yangi hukumatidagi barcha muhim lavozimlarni pushtunlar egalladi

Faqatgina to‘rtta joy tojik va o‘zbeklarga berildi.

Avvalroq Tolibon Afg‘oniston muvaqqat hukumati tarkibini eʼlon qilgan edi. Biroq, bu qadam mamlakat aholisining barcha vakillari yetarli darajada qamrab olinmaganligi uchun aksariyat horij mamlakatlarning tanqidiga uchradi.

AQSH tomonidan olib borilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, Afg‘onistonda taxminan 42 foiz pushtun yashaydi. Mamlakat aholisini 27 foizini tojiklar, 10 foizini esa o‘zbeklar tashkil qiladi.