Afg‘onistonni nima kutmoqda? Xavotirlar qanchalik asosli?

Qatarda imzolangan fevraldagi bitim shartlariga ko‘ra, AQSHning 4500 va NATOning 6100 askari kelasi yil may oyiga qadar Afg‘onistondan chiqib ketishi kerak. Ammo bu, Tolibonning o‘z majburiyatlarini qanchalik bajarishi, jumladan, Al-Qoida kabi ektremist guruhlar bilan aloqalarni uzishiga bog‘liq.

Fevraldan beri birorta ham amerikalik askar Tolibon hujumlarida o‘lmadi. Ammo bitimda ko‘rsatilgan afg‘onlarga zo‘ravonliklarni kamaytirish talabi ijrosi notayin qolmoqda.

Donald Tramp Depositphotos

Bi-bi-sining yozishicha, Donald Trampning ijtimoiy tarmoqlarni gumburlatgan navbatdagi tviti o‘tgan oy Vashingtondan turib urush maydonlarida jarangladi: “Afg‘onistonda xizmat qilayotgan oz sonli bizning jasur erkak va ayollarimizni Mavlud bayramiga qadar uyga qaytarishimiz kerak.”

“Bular siyosiy qarorlar, — deydi AQSHning Afg‘onistondagi bosh harbiysi, general Skott Miller. — Biz harbiy jihatdan takliflarimizni beramiz. Va buni siyosiy rahbariyatga hamda tinchlik muzokaralari qanday ketishiga qoldiraman.”

“Biz Tolibon bilan tinchlikka erishish uchun hamma narsa qilyapmiz, — deb taʼkidlaydi Afg‘oniston Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Hamdulloh Mohib. — Ammo tinchlik va urush yonma-yon yuradi va biz boshqa ssenariylar uchun ham tayyorgarlik ko‘ryapmiz.”

General Skott Miller / Foto: TRT World

General Millerning shu hafta shimoliy viloyat Balxdagi Qalʼai Jangi istehkomida joylashgan afg‘on armiyasi bazasida to‘xtab o‘tgani AQSHning afg‘on kuchlarini dastaklashni davom ettirishini bildirishga urinish edi. Vaqt o‘tib bormoqda, mamlakatdan chiqib ketish haqida Vashingtondan turli qarama-qarshi xabarlar kelib turibdi.

Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari baʼzi urushlarda yo‘qotishlarga uchramoqda, mag‘lub bo‘lmoqda, baʼzi joylarda hududni berib qo‘ymoqda. Faqat AQSHning havodan qo‘llovi farqlarni vujudga keltirmoqda, har safar Tolibon jangarilarining viloyat markazlarini egallashdek mukofotdan mosuvo qilmoqda.

Afg‘oniston qurol-aslahalaridagi eng kuchli qurollardan biri — AQSH Havo kuchlari bu oy yana bir toshqinni qaytardi. Tolibon jangarilari afg‘on harbiy kuchlari va AQSH qatʼiyatini sinovdan o‘tkazib, stretegik muhim janubiy viloyat Helmandga hujum qildi. U yerdagi asosiy shahar — Lashkargohga kiraverishdagi hukumat tekshiruv nuqtasidan o‘tib ketdi.

AQSHning Helmanddagi keskin havo zarbasi toliblarning Amerikaning bitim shartlarini buzayotgani haqidagi g‘azabnok ayblovlariga turtki bergan.

“Biz afg‘on xavfsizlik kuchlarini himoya qilamiz,” degan general Miller AQSH bu ishni yana davom ettirishiga ishora qilar ekan. Biroq o‘tayotgan har bir oy qudratli AQSH armiyasi nihoyat to‘rva xaltasini yig‘ishtirishini ko‘rsatmoqda.

120229-A-8536E-817-sonli AQSh armiyasi askarlari . Staff Sgt tomonidan DoD fotosurati.

AQSHning mamlakatdagi eng katta harbiy bazasi bilan yonma-yon joylashgan, yillar davomida kattalashgan sershovqin Bagramda AQSH o‘z texnikasini olib chiqib ketar ekan, shaharchadagi hayot ham asta-sekin so‘nmoqda. AQSH harbiylaridan ortib qolgan buyumlar, deyarli yangi botinkalardan tortib, kompyuteru yugurish trenajerlarigacha sotib, yaxshigina daromad ko‘rgan do‘konlar ham yopilmoqda.

Afg‘onistonda kelajakning, AQSH saylovlari natijasi nomaʼlumligi odamlar kayfiyatida seziladi.

Vashingtonning asosiy qizil chiziqlari Amerikaning o‘z xavfsizligi nuqtai nazaridan chiziladi. Afg‘on tinchlik muzokaralari cho‘zilsa ham, ular shunday qilishadi. Ammo vaqt o‘tib borar ekan, AQSHning hududdagi bosh harbiysini o‘ylantirayotgan narsa afg‘onistonliklar xayolida ham aylanmoqda.

“Meni asosiy xavotirga soladigan narsa afg‘onlar tinchlik uchun imkoniyatni boy berishi mumkinligidir,” deydi general Miller.

Axborot hamkorimiz @platformauzb telegram kanali