Afg‘onistonning harbiy qulashi: noqonuniy bitimlar va ommaviy qochqinlar

Bir haftadan ko‘p bo‘lmagan vaqt ichida Tolibon harakati o‘ndan ziyod viloyat markazlariga bostirib kirib, qarshiliksiz Kobulni egalladi, Afg‘oniston prezidentining ketishi va hukumatining qulashiga sabab bo‘ldi. Kobul atrofidagi va shaharning o‘zida Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari tezlikda taslim bo‘ldi. Kechga yaqin politsiya nazorat punktlari tashlab ketildi.

Harbiy qulash tezligi ko‘plab AQSH rasmiylari va boshqa xorijiy kuzatuvchilarni hayratda qoldirdi va AQSH hukumatini Kobuldagi elchixonasidan xodimlarni olib chiqish harakatlarini keskin kuchaytirishga majbur qildi.

Afg‘onistondagi urushni tugatish uchun tuzilgan Doha shartnomasi, ko‘plab afg‘on kuchlarining ruhiy tushkunligiga olib kelgan. Baʼzi harbiylar olti oy yoki undan ko‘proq vaqt davomida maosh olmaganliklaridan shikoyat qilgan.

Tolibon jangarilariga 20 yillik tayyorgarlik va AQSHning milliardlab dollarlik yordamiga qaramay yakshanba kuni Afg‘oniston poytaxtiga kirishga ruxsat bergan afg‘on armiyasining zudlikda qulashi aholining qo‘llovi bilan sodir bo‘ldi.

Afg‘onistonlik ofitser va AQSH vakilining so‘zlariga ko‘ra, dastlab o‘tgan yilning boshida taklif qilingan bitimlar afg‘on rasmiylari tomonidan o‘t ochishni to‘xtatish deb taʼriflanar edi, lekin aslida esa Tolibon rahbarlari hukumat harbiy kuchlari xodimlariga qurollarini topshirish evaziga pul taklif qilishardi.

Keyingi bir yarim yil mobaynida bunday “takliflar” tuman darajasiga o‘tgan, so‘ngra tez suratda viloyat markazlariga ko‘chgan, natijada hukumat qo‘shinlari taslim bo‘lishi bilan yakunlandi.

Bir haftadan ko‘p bo‘lmagan vaqt ichida Tolibon jangchilari o‘ndan ziyod viloyat markazlariga bostirib kirib, qarshiliksiz Kobulni egalladi, Afg‘oniston prezidentining ketishi va hukumatining qulashiga sabab bo‘ldi. Kobul atrofidagi va shaharning o‘zida Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari yo‘q bo‘lib ketdi. Kechga yaqin militsiya nazorat punktlari tashlab ketildi.

Harbiy qulash tezligi ko‘plab AQSH rasmiylari va boshqa xorijiy kuzatuvchilarni hayratda qoldirdi va AQSH hukumatini Kobuldagi elchixonasidan xodimlarni olib chiqish harakatlarini keskin kuchaytirishga majbur qildi.

Tolibon 2020 yil fevral oyida Qatar poytaxti Dohada AQSH bilan tuzilgan shartnomadagi noaniqlikdan foydalanib, amerikalik qo‘shinlarni Afg‘onistondan to‘liq olib chiqishga chaqirdi. Afg‘onistonning baʼzi kuchlari yaqinda jang maydonida Amerika samolyotlari va boshqa muhim yordamlarga umid qila olmasliklarini anglab, Tolibonga moyil bo‘lib borishdi.

“Baʼzilarga faqat pul kerak”, – deydi afg‘on maxsus kuchlari xodimi, Tolibon bilan birinchi marta uchrashishga rozi bo‘lganlar haqida gapirar ekan. Ammo boshqalar AQSHning qo‘shinlarni to‘liq olib chiqish majburiyatini Afg‘onistonda hokimiyatga qaytishning “kafolati” deb bilishdi va g‘alaba qozongan tomonga o‘tib olishdi, dedi u. Ofitser ism-sharifini oshkor qilmaslik sharti bilan gapirdi, chunki u, boshqa hisobot ishtirokchilari kabi, matbuotga maʼlumotni oshkor qilish huquqiga ega emas edi.

Afg‘onistondagi urushni tugatish uchun tuzilgan Doha shartnomasi, ko‘plab afg‘on kuchlarining ruhiy tushkunligiga sabab bo‘ldi. Baʼzi harbiylar olti oy yoki undan ko‘proq vaqt davomida maosh olmaganliklaridan shikoyat qilgan.

Hukumatni qo‘llab -quvvatlaydigan ko‘p afg‘onlar: «Shartnoma imzolangan kuni biz o‘zgarishlarni sezdik. Hamma faqat o‘zini o‘ylay boshladi. Bu bizni mag‘lubiyatga [AQSH] tashlagandek bo‘ldi”.

AQSH vakili va afg‘on zobitining so‘zlariga ko‘ra, Tolibon taslim bo‘lish haqidagi muzokaralar Dohadagi bitimdan keyingi oylarda asta-sekin o‘z kuchini ko‘rsatdi. Keyin, aprel oyida prezident Bayden Amerika qo‘shinlarini olib chiqib ketishini eʼlon qilgandan so‘ng barchasi xal bo‘lgan edi.

Tolibonlar nazoratni kengaytirgani sayin, hukumat nazoratidagi hududlar tobora jangsiz o‘tib  ketaverdi. Jangarilar qo‘lga olgan birinchi muhim shahar Qunduz bir hafta oldin olingan. Qabila oqsoqollari vositachiligida olib borilgan muzokaralar hukumat nazoratidagi oxirgi bazani Tolibonga topshirgan taslim bo‘lish kelishuviga olib keldi.

Ko‘p o‘tmay, g‘arbiy G‘irot viloyatida o‘tkazilgan muzokaralar gubernator, ichki ishlar va razvedka yuqori martabali amaldorlari va yuzlab harbiy xizmatchilarning isteʼfosiga olib keldi. Shartnoma bir kechada tuzildi.

Bir necha qobiliyatli va g‘ayratli bo‘linmalar Afg‘oniston qurolli kuchlarining Tolibonga qarshi kurashida qatnashdilar.

Qandahorda joylashgan Afg‘oniston maxsus kuchlari zobiti qo‘mondonning taslim bo‘lishni buyurganini eslab shunday dedi. “Biz jang qilmoqchimiz! Agar taslim bo‘lsak, Tolibon bizni o‘ldiradi ”, – dedi maxsus kuchlar xodimi.

Shu bois, taslim bo‘lishni yoki mag‘lubiyatga uchrashni xohlamagan otryad aʼzolari qurollarini tashlab, fuqarolik kiyimlarini kiyib, o‘z postlarini tark etishdi.

“Men qilgan ishimdan uyalaman”, dedi birinchi ofitser. Ammo, agar u qochmaganida, “o‘z hukumatim meni toliblarga sotgan bo‘lardi”, dedi.

Afg‘oniston politsiyachisidan xodimlarining motivatsiyasi yo‘qligi haqida so‘rashganda, u ularga maosh to‘lanmaganligini tushuntirdi. Shahar qulashidan oldin Qandahorda oldingi saflarda bo‘lgan bir necha afg‘on politsiyachilari olti oydan to‘qqiz oygacha maosh olmaganliklarini aytishdi. Tolibonda esa to‘lovlar tobora “jozibador” bo‘lib borgan.

“AQSHsiz korrupsiya xavfi yo‘q edi. U bizning armiya ichidan xoinlarni topib (balki tanlab) oldi ”, dedi afg‘on politsiyachilaridan biri.

Qandahor politsiyasining bir necha xodimi hukumatni qulashiga xodimlarni qobiliyatsizligidan ko‘ra korrupsiya ko‘proq sabab bo‘lganini qayt etdi.

Qandahorda ham xuddi shunday bo‘ldi. Bu yerga 34 yoshli xodimni rahbar qilib qo‘yilgan bo‘lib, oylik maoshi berilmagan va Tolibon kirib kelishidan bir necha kun avval bo‘lim tugatilishi rejalashtirilgan bo‘lgan.

“Toliblar har qanday hukumat amaldoriga taslim bo‘lish va ularga qo‘shilish uchun 150 dollar taklif qilishgan”, dedi afg‘on politsiyachilaridan biri jurnalistga intervyu tugashi bilan.

– Bilasizmi, hozir narx qancha?

– ….

Mazkur material The Washington Postda yoritilgan maqoladan qisqartirilgan shaklda tayyorlandi.