O‘zbekistonliklar o‘rtacha qancha umr ko‘rmoqda?

O‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi indeksi – dunyo mamlakatlarida o‘rtacha umr ko‘rishning asosiy ko‘rsatkichidir.

Odamlarning umr ko‘rish davomiyligi har yili Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) metodologiyasiga muvofiq, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va Ijtimoiy Ishlar Departamentining Aholi bo‘limida to‘plangan milliy institutlar va xalqaro tashkilotlardan olingan statistik maʼlumotlar asosida hisoblanadi.

So‘ngi reytinglarga eʼtibor beradigan bo‘lsak O‘zbekiston fuqarolari MDH mamlakatlari ichida hayot davomiyligi eng kam bo‘lgan 4 ta davlat ichiga kiradi. Jahondagi 191 mamlakat o‘rin olgan reytingda hamyurtlarimiz o‘rtacha 71.7 yosh natija bilan 120-o‘rinda. Qo‘shnilarimizdan faqatgina Qozog‘iston 73.6 yosh natijasi bilan bizdan oldinda bo‘lsa, qolgan qardoshlarimiz reytingda o‘zbeklardan ortda qolgan. MDH doirasida eng ko‘p umr ko‘radigan mamlakat bu Armaniston bo‘lib, bu mamlakat fuqarolari o‘rtacha 75.1 yil umr ko‘radilar. Birinchi uchlikni Belarus (74.8 yosh) va Gruziya (73.8 yosh) yakunlaydi.

Biz nega O‘zbekistonliklar bunchalar kam yashashlari sabablariga to‘xtalmaymiz, lekin sizlarni fikrlaringizni kutib qolamiz.

To‘liq reyting bilan quyidagi havola orqali tanishing.