2022 yil yakunlari bo‘yicha aholi statistikasiga qisqa qilib shunday baho berish mumkin.
Demak, 2022 yilda 932 192 nafar bola tug‘ilgan (+3,0%), 172 075 nafar odam vafot etgan (-1,4%). Aholining tabiiy o‘sishi 760 117 nafarni tashkil etgan, tabiiy koeffitsiyenti 21,4%ga yetgan. Bunday yuqori o‘sish dinamikasi urushdan keyingi 50-60 yillar kartinasini eslatadi.
Eʼtiborlisi, o‘lim koeffitsiyenti oxirgi 4 yildagi eng ijobiy darajaga yetgan. Yaʼni O‘zbekiston pandemiyadan avvalgi holatga qaytgan.
Odatda urbanizatsiya shaharlarda tug‘ilish sonini kamaytiradi. Lekin bu qoida O‘zbekiston misolida ishlamayapti. Shaharlarda tug‘ilish soni (473,4 ming) qishloqda tug‘ilish sonidan (458,8 ming) ko‘proq. Lekin tug‘ilish koeffitsiyenti deyarli bir xil. 2,58 promille va 2,59 promille.
Nikohlar soni kamaygan, ajralishlar kuchli maʼmuriy to‘siqlarga qaramay ko‘paygan. Bu urbanizatsiya va turmush darajasi oshgani tendensiyalaridan biri bo‘lishi mumkin, lekin kuzatuvlar davom etishi kerak.
Nikohlangan ayollarning o‘rtacha yoshi 22,3, erkaklarning o‘rtacha yoshi 26,5ni tashkil etgan. Ajraluvchi ayollarning o‘rtacha yoshi 33,1, erkaklarniki 39,2 yosh bo‘lgan. Dinamikani solishtirish uchun avvalgi yillar maʼlumotlari keltirilmagan.