Xitoy Qirg‘izistonni so‘ngi davlat obyektlarini olib qo‘yishiga oz qoldi

Doimiy mavzu: Qirg‘izistonni Xitoyga qarzlari.

Hozirga kelib XXR Eksport-Import banki Qirg‘izistonning eng yirik kreditori hisoblanadi.

Mamlakat Pekinga 1,7 milliard dollar qarzdor va agar u qarzni vaqtida to‘lamasa, davlat obyektlaridan mahrum bo‘lishi mumkin.

Moliya vazirligi bunday tahdid yo‘qligini aytmoqda. Ammo bu hozircha. Haqiqat shundaki, Xitoy qarzlarni bekor qilmoqchi emas, maksimal imtiyoz – bu to‘lovni kechiktirish, lekin bu ham savol ostida.

Qirg‘iziston 9 ta loyiha uchun 2 milliard 87,6 million dollar qarz olgan, bu mamlakat umumiy qarzining uchdan bir qismi, tashqi qarzning 40 foizdan ortig‘idir.

Ular ichida eng qimmat loyiha shimoldan janubga muqobil yo‘lni tiklash edi. Dastlab, unga 399,9 million dollar ajratilgan, natijada ushbu loyihaning umumiy qiymati 698,6 million dollarni tashkil qilgan. Kimdur yo‘q qurilishi vaqtida juda “qorni och” bo‘lganligi sezilmoqda.

Yana Datka-Kemin elektr uzatish liniyasining qurilishi va Bishkek IESni modernizatsiya qilish ham ancha mablag‘ni sarf etgan. Ularning narxi 775,8 million dollarga teng.

Sobiq prezident Almazbek Atamboyev uning yordami bilan Qirg‘iziston yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun resurslarni jalb qila olgani bilan maqtangandi. Ammo u ag‘darilgach, loyihalar bilan faxrlanish jinoiy ish bilan almashtirildi. Energiya sektori rahbarlari va 2 ta bosh vazir ayblanuvchilar sifatida sudda ishtirok etdi.

Xitoyga qarz qanday to‘lanadi? Yakuniy qaror qabul qilinmagan, Pekin bilan muzokaralar davom etmoqda.

Agar imtiyozli davr berilsa, mablag‘ ʼ3 yil davomida teng qismlarda to‘lanadi. Kechiktirilgan to‘lov yiliga 2 marta to‘lanadi. Natijada, foizlar bilan birga to‘lov miqdori 36,7 million dollarni, ortiqcha to‘lov 1,7 million dollarni tashkil etadi.

Kreditlarni to‘lash kerak, aks holda mamlakat davlat mulkisiz qolishi mumkin. Buni Prezident Sadir Japarov tasdiqladi.

“Tashqi qarzimiz qariyb 5 milliard dollarni tashkil qiladi. Agar uni bir qismini o‘z vaqtida to‘lamasak, ko‘plab obyektlarimizni yo‘qotib qo‘yamiz. Bunday shartlar asosidagi bilan shartnomalar Atambayev tomonidan imzolangan”, – dedi u.

Lekin, prezident Qirg‘iziston aniq nimani yo‘qotishi mumkinligini aniq aytmadi…

Maʼlumot uchun: O‘zbekistonning Xitoydan qarzi Qirg‘izistonnikiga qaraganda ancha ko‘p.