Afg‘oniston prezidentining AQShga bo‘lajak tashrifidan Pokiston vahimada

Pokiston Tashqi ishlar vaziri Mahmud Qurayshi Ashraf G‘ani Prezident Jozef Bayden bilan uchrashuvlar paytida Islomobod ustidan shikoyat qilishi mumkinligini aytmoqda.

Afg‘on maxsus xizmatlari Pokistonning toliblar qo‘li bilan qanday qilib Afg‘onistonga qarshi gibrid terroristik urush olib borayotganligi to‘g‘risida juda ko‘p va ishonchli materiallar to‘planligi sir emas. Chunki, bu urushlarda yuzlab, hatto minglab Pokiston fuqarolari, shu jumladan Pokiston armiyasining isteʼfodagi zobitlari Tolibon saflarida jang qilmoqdalar.

Islomobod Vashingtonning g‘azabidan qo‘rqadi, bu esa Afg‘oniston razvedkasi maʼlumotlariga asoslanib, prezident G‘ani Pokistonga qarshi qattiq sanksiyalar bilan javob berishi mumkinligini bildiradi. Albatta bu, inqiroz holatida bo‘lgan Pokistonning iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy tizimiga kuchli zarba bo‘ladi.

Shu bois, pokistonliklar tomonidan Afg‘onistonning turli viloyatlarida Tolibon tomonidan keskin kuchaygan hujumlar kuzatilmoqda.

Afg‘onistondan Amerika qo‘shinlari chiqarilgandan so‘ng, Vashington umuman Pokistonga va xususan Pokiston general korporatsiyasiga qarshi yana-da qattiqroq va izchil harakat qila oladi. Shu bilan birga, Islomobod endi Afg‘onistondagi G‘arb kuchlarini yetkazib berish tarmog‘ini to‘sib qo‘yish bilan Qo‘shma Shtatlarni shantaj qila olmaydi.