Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston energetika tizimlari qanday bog‘langan

Bugun Markaziy Osiyoning uchta mamlakatida elektr energiyasi bilan bog‘lik juda katta muammolar yuzaga keldi. Buning oqibatida O‘zbekistonda bir muddatga Aeroport, metro va bir qator obyektlar faoliyati cheklandi.

❗️Bunday holat qanday yuz berdi?

Energetika vazirligi xabar berishicha, Soat 10:57 da Qozog‘iston Respubliksi Elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi natijasida Olma-ota, Shimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida Elektr eyenergiya taʼminotida o‘chishlar yuzaga keldi.

Buning natijasida Qirg‘iziston elektr tarmog‘ida, jumladan Bishkek, O‘sh va boshqa barcha shaharlarda elektr energiya o‘chishi kuzatildi.

Yagona elektr tarmog‘iga ulangan O‘zbekiston elektr tarmog‘i bu avariyaning salbiy taʼsiri natijasida Qozog‘istondan keluvchi 530 liniyadagi kuchlanish va chastotani keskin o‘zgarishi oqibatida Toshkent GRESi, Sirdaryo GRESi da avariya himoya vositalari ishlab ketib bu ikkala stansiyani ham avtomatik ravishda avtomatik ravishda o‘chishiga olib kelgan.

Natijada Farg‘ona va Toshkent shahri va viloyati, Farg‘ona vodiysi hududi, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari tarmoqlarida elektr energiyasi o‘chdi.

⁉️Nega Qozog‘istonda sodir bo‘lgan bu holat O‘zbekiston energiya tizimiga bunchalik taʼsir qildi?

Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimi Sovet Ittifoqi davrida shakllangan bo‘lib 2009 yilda “energiya halqasi” tugatilgan. 10 yildan keyin esa u yana tiklandi.

Energiya halqasi o‘zi nima?

Sobiq ittifoq parchalanganidan keyin Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston energiya tizimlarining parallel ishlashi to‘g‘risida shartnoma imzolagan. Ammo, 2003 yilda Turkmaniston o‘zini elektr energiyasi bilan mustaqil ravishda taʼminlashga qaror qilib “energiya halqasi”ni tark etdi. Keyinroq Tojikiston ham bu qarorga keldi.

2021 yil dekabr boshida Moskvada bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo kongressida Tojikiston sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Sherali Kabir uning mamlakati 2022-2023 yillarda yagona “energetika halqa”ga qaytishni rejalashtirayotganini aytdi.

Hozirgi vaqtda Qozog‘istonning Yagona energiya tizimi Rossiya Markaziy Osiyoning yagona energiya tizimi bilan parallel ravishda ishlaydi. Tomonlar davlatlararo elektr energiyasi yetkazib berish va xizmatlar ko‘rsatishi mumkin.

Yagona energetika tizimining kamchiliklaridan biri bir mamlakat miqyosidagi avariyaning miqesiga qarab qo‘shni mamlakatlarga ham salbiy taʼsiri hisoblanadi.

O‘zbekiston elektr taʼminoti tizimi Markaziy Osiyo elektr energetika tizimi bilan parallel ravishda ishlaydi. Umumtizimning maʼlum bir hududida kuzatilgan nosozliklar boshqa hududlarni avariyadan saqlab qolishi, yoki aksincha, uning barqaror ishiga salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin. Avariyaga qarshi releli himoya va avtomatika tizimi energotizim barqarorligi uchun amalga oshiriladigan texnik-muhandislik holati bo‘lib, u tizimda turli nosozlik hamda yong‘inlar chiqishining oldini oladi.

Elektr stansiyalar bosqichma-bosqich ishga tushirilmoqda. Hududlarda elektr taʼminoti tiklanmoqda.

Toshkent viloyatidagi Chorvoq, Xodjikent va Tovoqsoy gidroelektr stansiyalari, Navoiy viloyatidagi Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi hamda Farg‘ona viloyatidagi Farg‘ona issiqlik elektr markazi orqali energetika tizimiga quvvat uzatish boshlandi. Toshkent aeroportida elektr taʼminoti tiklandi va reyslarni ro‘yxatdan o‘tkazish boshlandi.

Prezident topshirig‘iga binoan elektr energiyasi taʼminotida yuzaga kelgan nosozliklar sababini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha Bosh vazir huzurida hukumat komissiyasi tuzildi.

Komissiya tomonidan birinchi navbatda generatsiya jarayonini tiklash hamda yuqori va past kuchlanishli elektr tarmoqlariga kuchlanish berish orqali isteʼmolchilarning elektr taʼminotini tiklash vazifasi qo‘yilgan.