Muhtaram Si Szinpin haqida

Moskvaga rasmiy tashrif bilan kelib Markaziy Osiyo haqida bir qator bayonotlar qilgan Putin mehmoni Si Szinpin haqida bir shingil:

Bu ikki diktatorning umumiy va o‘xshash jihatlari ko‘p! Keling  Si Szinpin qanday qilib XXRda shaxsga sig‘inishni qaytargani, davlat apparatidan sodiq bo‘lmaganlarni tozalagani, blogerlarni hibsga qamatgani, fanda senzura kuchaytirilgani va “qayta tarbiyalash lagerlari” yaratilgani haqida gapiramiz.

Si 2012 yilda hokimiyat tepasiga kelganidan beri avtokratiyani mustahkamladi, so‘nggi o‘n yilliklardagi islohotlarning aksariyat qismini bekor qildi va o‘zi atrofida bir guruh tarafdorlar to‘pladi. Shu bilan bir qatorda, Si “G‘arb qadriyatlari” va “G‘arb liberalizmi”ni rad etib, G‘arbga qarshi kayfiyatni yaratdi va saqlab qoldi.

2013 yilda Si mashhur va muxolif blogerlarni taʼqib qilish, hibsga olish va ommaviy tahqirlashdan boshlab internetni senzura qildi. Charlz Syu sutenyorlikda, Kin Xuxo esa yana bir necha ayblovlar bilan qamaldi. Ular va boshqa blogerlar televideniye orqali uzr so‘rashga majbur bo‘ldilar.

Davlat onlayn kontentni tartibga solishni boshladi: “mish-mishlar” uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi – ruscha soxta yangiliklarning analogi. Kampaniyaning dastlabki to‘rt oyida 100 000 dan ortiq Веибо (Xitoydagi ijtimoiy tarmoq) foydalanuvchilari hukumat tomonidan o‘chirildi yoki cheklandi.

2018 yilda uchta yirik telekanal yagona axborot tarmog‘iga aylantirilib, markaziy targ‘ibot bo‘limi nazorati ostiga o‘tkazildi. Barcha kino mahsulotlar ham shular qatoriga kiritildi.

Senzura fanga taʼsir qildi. 2018 yilda “Szinpin fikrlash institutlari” tashkil etildi. Akademiklar va o‘qituvchilar senzura organlari bilan hamkorlik qilishga majbur bo‘ldilar. Agar ularning ishlarida “nomaqbul” elementlar bo‘lsa, mualliflar o‘qitishdan chetlashtiriladi, daromaddan mahrum qilinadi.

Butun bir etnik guruh – uyg‘urlar tozalash ostida qoldi. Ular uchun Si “qayta tarbiyalash lagerlari” – asosan qamoqxonalar qurdi. U yerda bo‘lgan kuzatuvchilar zo‘ravonlik va qiynoqlar haqida so‘zlaydilar: mahbuslarga suv bilan qiynoqqa solinadi, kaltaklanadi va zo‘rlanadi. Ular majburan sterilizatsiya qilinadi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri genotsid, yaʼni Xitoy hukumatining uyg‘ur aholisini sunʼiy tartibga solishga urinishlari haqida dalillar mavjud. Lagerlarda ular sterilizatsiyadan o‘tishga majbur bo‘ladilar, bu majburiy sterilizatsiya mintaqada Xitoyning qolgan qismiga qaraganda 8 baravar yuqori.

Bu Muhtaram Si siyosati haqida qisqacha maʼlumot. Putin nima xohlashi va Ukrainada nimalar qilayotganligini bilasiz. Kuni kecha shu ikki inson G‘arb va Markaziy Osiyo muloqotlari haqida fikrlarini bildirdilar.