O’quvchilar maktabga qaytgan AQShda o’tgan hafta mamlakat bo’ylab qariyb 252 ming bolada koronavirus aniqlangan. Bu pandemiya davridagi eng yirik ko’rsatkich ekani ma’lum qilingan.
👉 COVID-19 pandemiyasi davrida virusga chalingan jami bolalar soni 5 milliondan oshgan.
👉 Avgust oyining o’zida 750 mingdan ziyod bolalar virus yuqtirgan.
👉 Bolalar orasidagi joriy haftalik kasallanish 8400 nafar kasal aniqlangan iyun oyidagidan deyarli 30 barobar ko’p.
👉 Bolalarning shifoxonaga yotqizilishi o’tgan yilning shu davridagidan 308 foiz yuqori.
👉 Shunday sharoitda Texas gubernatori maktablarda tibbiy niqob taqish majburiyatini bekor qilgan.