Turkiyaning global inqirozlar qarshisida ishonchining sababi kuchli infratuzilmasidadir, dedi Prezident Rajap Erdog‘an Dolmabahche saroyida ilm-fanni ommalashtirish jamg‘armasi mukofotlari taqdimotida.
U o‘zining 19 yillik faoliyati davomida taʼlim, sog‘liqni saqlash, xavfsizlik, adliya, transport, energetika, shaharsozlik, sport kabi sohalarda kuchli infratuzilma yaratilgani, aholining yuqori turmush darajasi taʼminlanganini taʼkidladi.
“Agar Turkiya hozir global inqirozlar qarshisida shunchalik chidamli bo‘lsa, inqirozlarni imkoniyatga aylantirishda o‘ziga shunchalik ishonsa, buning ortida bu kuchli infratuzilma turibdi. Hozir biz iqtisodiyotda ham xuddi shunday kurashni olib bormoqdamiz”, dedi у va iqtisodiy o‘sish, ishlab chiqarish, bandlik, eksport, byudjet balansining barcha ko‘rsatkichlari Turkiyaning global miqyosdagi muvaffaqiyatidan dalolat berishini taʼkidladi.
Erdo‘g‘an Turkiya iqtisodiyoti erkin bozor qoidalariga ko‘ra rivojlanishda davom etishini taʼkidladi.