Erdo‘g‘an Falastinga yordam berish uchun Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatlashgan

Turkiya barcha tegishli xalqaro tashkilotlarni, xususan Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Islom Hamkorlik Tashkilotini, Isroil hujumlariga qarshi Falastinga yordam berish uchun safarbar qilish bo‘yicha tashabbuslarini davom ettirmoqda. Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an shu paytgacha Pokistondan boshlab, Quvayt va Jazoirgacha bo‘lgan 20 ga yaqin davlatlarning davlat va hukumat rahbarlari bilan telefon orqali muloqotlar o‘tkazgan.

Erdo‘g‘an avval uchrashgan davlat rahbarlarini Isroilning Al-Aqso masjidi, Quddus, G‘azo va Falastin musulmonlariga qarshi hujumlari va tazyiqlariga qarshi samarali birgalikda choralar ko‘rishga chaqirgan. Ushbu yo‘nalishdagi birinchi aloqa Falastin Prezidenti Mahmud Abbos va Xamas siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xeniye bilan o‘tkazilgan.

Shuningdek, Rossiya prezidenti Putin, Qatar amiri shayx Tamim bin Hamed al Sani, Iordaniya qiroli Abdulloh II, Quvayt amiri shayx Nevvaf al-Ahmed al-Jobir as-Saboh, Malayziya qiroli Sulton Abdulloh Shoh Riyatuddin al-Mustah bilan muzokaralar o‘tkazildi. Indoneziya prezidenti Joko Vidodo, Jazoir Prezidenti Abdulmajid Tebun, Pokiston Bosh vaziri Imron Xon, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani, Iroq Bosh vaziri Mustafo Kazimi, Liviya Bosh vaziri Abdulhamid Dibeybe, Ummon Sultoni Xeysem Bin Tariq va Malayziyaning sobiq bosh vaziri Mahathir Muxammad bilan Isroilning Falastinga hujumlari yuzasidan fikr almashgan.

Suhbatlar mobaynida bildirilgan fikrlar

Muzokaralar chog‘ida Prezident Erdo‘g‘an Falastin musulmonlariga qilingan vahshiylikni qatʼiyat bilan qoralayotganini va Isroilning hujumlarini “terror” deb taʼriflashini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya barcha darajalarda terrorizm va Isroilning Falastinni bosib olishini to‘xtatish uchun butun dunyoni, xususan Islom dunyosini safarbar qilishga urinayotganini bildirgan. Prezident Erdo‘g‘an, Turkiya har doim Falastin ishini, uning falastinlik birodarlarini qo‘llab-quvvatlashini va Quddusning qadr-qimmatini himoya qilishini taʼkidlab, Isroilning noqonuniy va g‘ayriinsoniy hujumlari aslida barcha musulmonlarga tahdid ekanligini taʼkidlagan. Erdo‘g‘anning bildirshicha, Isroil hujumlarni zudlik bilan to‘xtatishi kerak va xalqaro hamjamiyat ushbu hujumlarga qatʼiy javob berib, noqonuniy xatti-harakatlarga qarshi aniq choralar ko‘rishi va Falastinni qo‘llab-quvvatlashi zarur.

Prezident Erdo‘g‘an, BMT Xavfsizlik Kengashi uchun inqiroz avj olguncha ushbu masala bilan shug‘ullanishi muhimligini va Falastin tinch aholisini himoya qilish uchun mintaqaga xalqaro himoya kuchlarini yuborish g‘oyasini ko‘rib chiqishi kerakligini aytgan.