Erdo‘g‘anning siyosati Turkiyani keng ko‘lamli defoltga olib boradi

Turkiyadagi vaziyat investorlar orasida tobora ko‘proq qo‘rquvni keltirib chiqarmoqda. Markaziy bankning “noanʼanaviy” pul-kredit siyosati va umuman rasmiylarning iqtisodiy siyosati bilan bir qatorda geosiyosiy xatarlar yana og‘irlashdi, deyilmoqda.

“Ikkinchi holatda, salbiy sabab Falastin-Isroil mojarosining yana bir keskinlashishi jiddiy sabab bo‘ldi. Janglar tufayli ko‘plab investorlar Turkiyaning Isroil va uning ittifoqchilari bilan munosabatlari yana yomonlashib, mamlakatdan kapital chiqib ketishiga olib keladi deb qo‘rqishmoqda. Shu fonda, so‘nggi ikki kun ichida turk lirasi dollarga nisbatan 3 foizdan ko‘proqqa tushib ketdi va 8.50 psixologik darajasidan oshib tarixiy eng past darajadagi 8.57 ga yetgan. Agar lira ushbu ko‘rsatgichdan oshib ketsa, u xolda yangi psixologik belgiga tushish xavfini tug‘diradi, bir dollar 10 liraga yetib qoladi», – deya izoh berilmoqda.