Turkiya Isroilni tanqid qilish bo‘yicha jahon chempioni deb topildi

Shu bilan birga, Erdo‘g‘anning falastinliklarni himoya qilgan so‘zlarini aqidaparastlik deb atash mumkin emas, faqatgina G‘azodagi mojaro tufayli u deyarli signal berayotgani uchun shunday tuyulmoqda.

Aynan Anqara tashabbusi bilan o‘tgan haftaning oxirida Islom Hamkorlik Tashkiloti Ijroiya Qo‘mitasining tashqi ishlar vazirlari darajasida chaqirilishi tashkillashtirildi. Turkiya rahbari Papa Frensisga qo‘ng‘iroq qilib, “Isroil hujumlarining maqsadi nafaqat falastinliklar, balki barcha musulmonlar, nasroniylar va butun insoniyatdir” deb taʼkidladi.

“Men butun insoniyat Isroilga qarshi birlashishi kerakligini aytdim, BMT Xavfsizlik Kengashi kerakli masʼuliyatni umuman ko‘rsatmadi”, dedi Erdo‘g‘an.

Turkiyadagi Falastin mavzusi har doim dolzarbdir, ayniqsa hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi hukumat tepasida bo‘lganida. Garchi ushbu mavzuni hatto Turkiyaning dunyoviy Respublikachilar Xalq partiyasi qo‘llab-quvvatlasa ham. Anqara haqiqatan ham Quddusning maqomidan tashvishda. Shuningdek, Isroil bilan mintaqaviy yetakchilik uchun raqobat mavjud.

Ammo Anqara balandparvoz bayonotlardan boshqa narsaga yaramaydi. Turkiya bu borada deyarli yolg‘iz. Isroil bilan munosabatlarni buzilishi oqibatida, Kipr sohilidagi gaz konlariga nisbatan Anqaraning ambitsiyalari xavf ostida qolishi mumkin.

Biroq, Falastinni himoya qilishdagi tashabbusi va g‘ayrati uchun, AQSH Erdo‘g‘anni antisemitizmda aybladi. Shu tarzda AQSHni Islomga qarshi ayblash mumkin, chunki Turkiya rahbari minbardan baqirayotgan paytda amerikaliklar tinchgina Isroilga Falastinni bombalash uchun qurol sotishmoqda.