AQSh Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi borasida bir qarorga kelmagan

AQSH Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Jon Kirbi, Rossiyaning Ukraina chegarasida harbiy faolligini oshirganligini, biroq Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bosqin qilish haqidagi yakuniy qarorni qabul qilganiga ishonmasliklarini aytdi.

Brifingda so‘zlagan Kirbi, Rossiya oxirgi 24 soat ichida Belarus va Ukraina bilan chegaradosh hududlarda qo‘shin va qurol sonini oshirganiga diqqat qaratdi. U janubda ham biroz jonlanish kuzatilayotganini qo‘shimcha qilib, Rossiya Qora dengizda o‘z floti ishtirokida mashg‘ulotlar o‘tkazganiga ishora qildi.

Kirbining taʼkidlashicha, Rossiya armiyasi hushyorligini oshirib, Putinga ehtimoliy hujum uchun ko‘proq imkoniyat beradigan tarzda harakat qilmoqda.

Shu bilan birga, matbuot kotibining taʼkidlashicha, ular turli idoralar orqali bosqinning istalgan kuni hech qanday ogohlantirishsiz boshlanishi mumkinligini bir necha bor taʼkidlagan.