Xitoy qashshoqlikni mutlaq yo‘q qildi

Si Szinpinning so‘zlariga ko‘ra, Kommunistik partiya qashshoqlik ustidan to‘liq g‘alaba qozondi.

So‘nggi 8 yil ichida 98,99 million qishloq aholisi qashshoqlikdan chiqarildi, 832 ta okrug va 128000 ta qishloq kambag‘al endi kambag‘al emas.

Xitoy kambag‘allari uchun soliqlarni qisqartirish 2020 yilda $ 15,84 milliardga yetdi

Soliq bo‘yicha davlat maʼmuriyatining maʼlumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2019 yilda taxminan 11,5 milliard dollarni tashkil qilgan.

Xitoy qashshoqlikka qarshi keng ko‘lamli kurashni 2012 yilda boshlagan. Hokimiyatning taʼkidlashicha, 8 yillik uzluksiz saʼy-harakatlar natijasida mamlakat butun qishloq kambag‘allarini qashshoqlikdan mos ravishda hozirgi daromad darajasiga olib chiqdi.

Aslida qashshoqlik nima? Qashshoqlik turli mamlakatlarda turlicha tushuniladi. Xitoyda o‘rtacha ish haqqi taxminan 1000 AQSH dollarini tashkil qiladi, Qo‘shma Shtatlarda bu umidsiz qashshoqlik. Yaponiyani gapirmasa ham bo‘ladi.

Masalan, O‘zbekistonda yoki Rossiyada 1000 dollar ish haqqi oladigan inson moddiy taʼminlangan odam hisoblanadi. Bundan tashqari, mamlakatdagi narxlar darajasi, fuqarolarning jamg‘arma darajasi ham muhimdir. Davlatning ijtimoiy xizmatlarga xarajatlari, pensiya tizimi, uy-joy bilan taʼminlash darajasi asosiy omillar. Qolaversa, mamlakat iqtisodiyotining holati. Masalan, yo‘llar va kasalxonalar, maktablar va universitetlar. Mamlakatdagi ekologik vaziyat. Komponentlarning barchasi juda muhimdir.

Xullas, Xitoy kompartiyasi yana bir antiqa tashviqotni boshladi.