Ijtimoiy tarmoqlarning “zamoni” tugadimi?

Tan olish kera so‘nggi bir necha yil ichida kundalik hayotimizda ijtimoiy media taʼsirining o‘sishi hayratlanarli bo‘ldi.

Statista Digital Economy Compassning so‘nggi hisobotiga ko‘ra, 2021 yilda ijtimoiy media platformalaridan foydalanish uchun kuniga o‘rtacha global vaqt 142 daqiqani tashkil etgan, bu 2012 yilda qayd etilgan 90 daqiqadan ancha ko‘p.

Biroq, monitoring tahlillari, bu o‘sish so‘nggi yillarda barqarorlashganini, oxirgi ko‘rsatkich esa o‘tgan yilga nisbatan uch daqiqaga pasayganini ko‘rsatmoqda.