Ijtimoiy tarmoqlar – endi ular global kun tartibini shakllantiradigan kuch

Ijtimoiy tarmoqlar uzoq vaqtdan beri xabarlar va tajriba almashish uchun shunchaki zararsiz xizmatlardan ko‘ra kattaroq vazifalarni bajara olishmoqda – endi ular global kun tartibini shakllantiradigan kuchli platformalarga aylandi. Ularning “kuchi” va foydalanuvchilarga taʼsiri yil sayin ortib bormoqda. Ular hatto prezidentlarni ham hokimiyatga keltirishga qodir. Axborot Texnologiyalar – gigantlari jahon siyosiy jarayonlariga aralashish kuchiga erishdi.

Tramp va Obama tajribasi

To‘rt yil oldin dunyodagi barcha ommaviy axborot vositalari xulosasiga ko‘ra: Donald Trampning AQSh prezidenti etib saylanishi ijtimoiy tarmoqlar tomonidan kafolatlangan edi. Ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanishi Barak Obamaning davriga to‘g‘ri keladi, u 2012 yilgi saylovlar oldidan Reddit imidjidan foydalangan hattoki, saylovchilar bilan muloqot qilishda internetning maxsus platformasida nomaʼlum foydalanuvchilarning savollariga javob bergan edi. Keyinchalik, Obama o‘z lavozimida bo‘lganida ham irqiy tengsizlik haqida YouTubeda chiqish qildi va bu tanlovi o‘z navbatida uning reytingini ancha yuqoriga olib chiqdi. Trampning 2016 yildagi g‘alabasi paradoksdek tuyuldi: u saylovoldi kampaniyasiga raqibidan deyarli ikki marta kam mablag‘ sarflagan – Klinton 897,7 million, Tramp esa 429,5 million dollar. O‘shanda ikkala nomzod uchun eng katta xarajat reklamaga yo‘naltirilgan edi. Ammo Klintonning asosiy harajatlari yo‘l-transport va ishchilar maoshiga sarflangan bo‘lsa, Trampning shtab-kvartirasi barcha xarajatlarni internet (ijtimoiy tarmoqlar)ga yo‘naltirgan. Tramp ijtimoiy tarmoqlarga ishongan. Facebook rahbarining taʼkidlashicha, kompaniya Trampning AQSh prezidenti etib saylanishi uchun “javobgar”.

Monopol gigantlar

Xorijdagi AT-gigantlarning tobora ortib borayotgan qudrati va kuchi Amerika maʼmurlarini juda xavotirga solmoqda. Masalan, xarajatlarni kuzatish bo‘yicha mashhur dastur Expensifyning bosh ijrochi direktori Devid Barrett oktyabr oyi oxirida 10 million mijozini “demokratiyani himoya qilish” uchun Jo Baydenga ovoz berishga chaqiruv yo‘llagan. 2020 yil oktyabr oyida AQSh Kongressi Vakillar Palatasi Huquqiy qo‘mitasining Monopoliyaga qarshi siyosat bo‘yicha kichik qo‘mitasi monopolistlarning AT-bozoridagi harakatlari: Amazon, Apple,  Facebook va Google haqida 449 betlik hisobotni taqdim etdi. Taxminan bir yarim yil davomida kompaniyalarni faoliyati doirasida jamoatchilikka taʼsir etish kuchini suiisteʼmol qilish bo‘yicha tergov o‘tkazildi, ular 1,2 million hujjat va xabarlarni o‘rganib chiqdilar, bozor ishtirokchilari bilan deyarli 250 intervyular o‘tkazdilar va 38 guvohni tingladilar. Kongressmenlarning fikriga ko‘ra, korporatsiyalar o‘z kuchlarini suisteʼmol qilgan va o‘z sohalarini mustahkamlash uchun raqobatchilarni asossiz ravishda “bostirgan”.

Hisobotda qidiruv va onlayn reklama sohasidagi monopol deb Google keltirilgan ataladi, Apple esa boshqa dastur(ilova) ishlab chiqaruvchilarni bozordan siqib chiqarishga uringan, Amazon esa chakana bozorda gegemonlik o‘rnatishda ayblanmoqda. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda va reklama bozorida monopoliyani noqonuniy egallab olgan Facebookga alohida eʼtibor qaratilmoqda. U foydalanuvchilar soniga ko‘ra bozorning 59 foiziga va global onlayn reklama bozorining 20 foiziga egalik qiladi. Instagram xizmatini 2012 yilda platforma tomonidan sotib olinishi borasida yuristlarda juda ko‘p savollar to‘plangan.

Facebook uchun prognoz

Ilova hujjatlarini o‘rganib chiqib, ular Facebookning qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj bo‘lmagan istiqbolli loyiha degan xulosaga kelishdi. Shuningdek, hisobotda 2018 yilda Facebookning katta tahlilchisi ichki foydalanish uchun tayyorlagan mashhur rasmiy hujjat haqida ham so‘z boradi. Tom Kanningemning hisobotidan kelib chiqadiki, foydalanuvchilar korporatsiyaga tegishli bo‘lgan boshqa mahsulotlarni, yaʼni Instagram va WhatsAppni afzal ko‘rishmoqda. U Facebookning asosiy platformasi mashhurligi shiddat bilan shunday surʼatlarda pasayib borishi va maʼlum bir nuqtaga yetgach, avvalgi kuchi(taʼsiri)ni qaytarib olishining iloji yo‘qligini aytgan. Korporatsiyaning sobiq xodimlari, keyinchalik yuqori menejment ichki raqobatni oldini olish uchun ushbu mahsulotlarni boshqacha joylashtirishga qaror qilgan deb taʼkidlaydilar. Biroq, Facebook maʼmuriyati hamma narsani rad etmoqda – aks holda ular noqonuniy til biriktirilganligini tan olishlari kerak bo‘ladi.

P.S.Umuman olganda ijtimioyi tarmoqlarning ommabopligi yil sayin oshib bormoqda, bu albatta yaxshi biroq ularni ong osti taʼsir ko‘rsatib borib foydalanuvchilarni faol isteʼmolchilarga aylantirilishi insoniyat uchun ko‘pam foyda keltirmaydi. Tahririyatimiz tomonidan yurtimizdagi ijtimoiy tarmoqlarning faolligi bo‘yicha baʼzi tahlillar tayyorlangan edi vaqtingiz bo‘lsa, mana shu havolada tanishib chiqarsiz.