Qaysi ilovalar foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlarini sotadi va qaysi biri sotmaydi?

Hech kimga sir emaski, mobil ilovalar shaxsiy maʼlumotlarimizni to‘playdi va sotadi. Rasmiy ravishda, biz o‘zimiz dasturni o‘rnatishda maʼlumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va sotishga rozilik bildiramiz.

Yaqin vaqtgacha ishlab chiquvchilar aniq nima to‘playotganlarini ehtiyotkorlik bilan yashirib kelishdi. Faqatgina Apple siyosatidagi so‘nggi o‘zgarishlar ularni har bir dastur bo‘yicha aniq maʼlumotlarni nashr etishga majbur qildi.

Maʼlumotlarni sotishda Instagram mutlaq yetakchi ekanligi aniqlandi. U foydalanuvchilarning 79% shaxsiy maʼlumotlarini, shu jumladan joylashuvi, kontaktlar ro‘yxati va hattoki brauzer tarixini to‘playdi va sotadi.

Undan keyin o‘rinlarda Facebook, LinkedIn, Uber Eats, YouTube, Duolingo, TikTok va boshqalar turadi. Maʼlumotlar ko‘pincha maqsadli reklama uchun ishlatiladi deyilar edi.

Biroq, unday emasligi hozirda ochiqlanmoqda masalan, bir necha yil oldin Markaziy razvedka boshqarmasi yillar davomida Eronning tanishuv dasturlaridan maʼlumotlarni sotib olgani maʼlum bo‘ldi.

Telegram, Signal, Skype, Zoom, Clubhouse va Netflix umuman shaxsiy maʼlumotlarni yig‘maydigan kam sonli dasturlar qatoriga kiradi.