Rossiyadagi ijtimoiy tarmoqlarning faol auditoriyasi bo‘yicha tadqiqot eʼlon qilindi

Instagram faol mualliflar soni bo‘yicha Rossiyada asosiy ijtimoiy tarmoqlardan biri “ВКонтакте”ni ortda qoldirdi, YouTubeni esa “TV”ga aylangan.

Brand Analytics Rossiyadagi ijtimoiy tarmoqlarning faol auditoriyasini o‘rganib chiqdi. 2020 yil oktyabr oyida Rossiyada ijtimoiy tarmoqlarda faol mualliflar soni 64 millionni tashkil etdi. Instagram ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi, tarmoqdagi mualliflar soni 27,7 milliondan 42,8 millionga ko‘paygan.

Biroq, mualliflarning faolligi va tarkibi hajmi bo‘yicha Instagram “ВКонтакте”dan kam. Shunday qilib, Instagram auditoriyasi “ВКонтакте” foydalanuvchilariga qaraganda deyarli 2 baravar kam xabar yuboradi: tadqiqot natijalariga ko‘ra (496,2 millionga nisbatan 265,2 million).

P.S.Bizda ham borgan sari ijtimoiy tarmoq faydalanuvchilari Instagramdan ko‘proq foydalanilayotganini eʼtiborga olsak bir xil tendetsiyani kuzatish mumkin.