Rossiya va O‘zbekiston singari Qozog‘iston ham ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarni ro‘yxatdan o‘tishini talab qilmoqda

Qozog‘iston xorijiy ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarni ro‘yxatdan o‘tkazadi. Mahalliy deputatlar kiberhujumga qarshi kurashish uchun bolalar huquqlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritishni boshladilar, shuning uchun xorij messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar Qozog‘istonning vakolatli organlarida ro‘yxatdan o‘tishlari va bu yerda o‘z filiallarini ochishlari kerak, aks holda ular bloklanadi.

 Xorij messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar qo‘yilgan bunday shart O‘zbekiston va Rossiyada amaldagi qonun hujjatlarida mavjud.

Bunday qarorga kelishga sabab, bolalarga qarshi kiberhujum bo‘lishi holatlari asos bo‘ldi deyilmoqda.

Respublikada faqat Qozog‘iston fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxslar xorijiy onlayn -platformalar filiallari rahbarlari bo‘lishlari to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ular noqonuniy kontentga qarshi kurashadilar – 24 soat ichida uni o‘chirishi shart. Agar qonun qabul qilinsa, u holda barcha ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda ro‘yxatdan o‘tish uchun 6 oy vaqt bo‘ladi, aks holda ular bloklanadi.

Katta onlayn xizmatlar vakillari foydalanuvchilar bozorini yo‘qotishni xohlamaydi.