Birlashgan Arab Amirliklari rahbariyati sobiq prezident Ashraf G‘ani va bu mamlakatdagi ayrim davlat xizmatchilarining siyosiy faoliyatiga cheklovlar joriy qildi, dedi o‘tish davri Tolibon hukumati kotibi o‘rinbosari Ahmadulloh Vosiq.
Sobiq xavfsizlik maslahatchisi Hamdulloh Muhib va Balx Ata sobiq gubernatori Muhammad Nurga nisbatan ham cheklovlar joriy etilgan, dedi Tolibon vakili.
Ahmadulloh Vosiq qanday cheklovlar haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmagan.
15 avgust kuni Afg‘oniston poytaxti Kobul Tolibon qo‘liga o‘tgach, prezident Ashraf G‘ani va uning hukumatining ko‘plab vakillari mamlakatni tark etib, BAAga ketgan edi.
Tolibon rejimi amnistiya eʼlon qildi va muxolifat va sobiq davlat arboblarini vatanga qaytishga chaqirgan edi.
Eʼtiborlisi, o‘tmishda Tolibon bilan aloqalarida muammolarga duch kelgan BAA Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelganidan keyin yana ular bilan aloqalarini tikladi.
Masalan, BAAning Kobuldagi elchixonasi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.