Baydenning Kongressga birinchi murojaati

Bayden Kongressga birinchi murojaatida Amerika “yana oyoqqa turmoqda” dedi. Prezidentning nutqidagi boshqa tezislar:

▪️AQSh va RF o‘z manfaatlari yo‘lida hamkorlik qilishi mumkin. Vashington eskalatsiyani izlamaydi, ammo Rossiyaning aralashuvi va kiberhujumlari uchun javob berishini vaʼda qilmoqda

▪️Amerika Hindiston-Tinch okeani mintaqasida – NATOning Yevropadagi kabi harbiy tarkibini rejalashtirmoqda. Maqsad – “mojaroning oldini olish”

▪️AQSh Eron va KXDR tahdidlariga “diplomatiya va kuchli ushlab turish orqali” qarshi kurashadi

▪️IShID va Al-Qoida Yaman, Suriya, Somalida hamon mavjud, Amerika hushyor turishi kerak

▪️AQSh uchun asosiy terror tahdidi oq tanli irqchilar tomonidan bo‘layapti

▪️Iqtisodiyot boylarga emas, balki o‘rta va ishchi sinfga asoslangan bo‘lishi kerak