Biznes Marafonda qatnashish imkoniyati endi Poytaxt yoshlarida

🚀 “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi, Yoshlar ishlari agentligi, MFaktor,  viloyat hokimliklari va boshqa qator tashkilotlar tomonidan tashkil qilinib kelinayotgan biznes marafon endi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

🏁 Biznes marafonda barchangizni faol bo‘lishga chorlab qolamiz. Biznesda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlardan tavsiya va maslahatlar olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

📍 Marafon 29-iyun kuni, soat 19:00 da Toshkent shahridagi Turkiston sanʼat saroyining yozgi maydonida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

👉  “Biznes Marafon”da ishtirok etish uchun ushbu bot orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin: t.me/biznesmarafon_bot Marafonda ishtirok etish mutlaqo bepul.