Japarovning Turkiyaga safari natija bermadi

Japar Xonning Turkiyaga safari kutilgan natija bermadi. Anqara Qirg‘izistonga yordam berishdan bosh tortdi. Prezidentlar Japarov va Erdo‘g‘an o‘rtasidagi muzokaralar kunidan bir oy o‘tdi. Faqat birgina uchrashuvdan boshqa mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarda jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘lmadi.

Qirg‘iziston Prezidenti Turkiyaga borishining sababi pul olish edi. Unga hozir pul kerak. Unga olti oy yoki bir yil ichida ularni olish istiqboli qiziq emas.

Nima uchun Turkiya moliyaviy yordam berishga tayyor emas?

Sababi Turkiya istiqbolsiz moliyaviy yordam ajratish uchun katta mablag‘larga ega emas. Anqara hatto Qirg‘izistonning qarzdorligidan ham kechmagan. Garchi bu qarzlar Rossiya (Moskva uni allaqachon o‘chirib tashlagan) va Xitoy oldidagi qarzlariga nisbatan arzimagan mablag‘ bo‘lsada.

🔻Hozirgi kunda Markaziy Osiyo va xususan Qirg‘iziston Turkiya tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi emas. Erdo‘g‘anning Janubiy Kavkazga nisbatan ko‘plab istaklari, ambitsiyalari va muammolari bor.

Uning yaqinda Tog‘li Qorabog‘ga safari Erdog‘anning sheriklar bilan munosabatlarini o‘rnatishning o‘ziga xos xususiyatlarini namoyish etdi. U buni o‘zini “katta akadek” yuqoridan turib amalga oshirdi.

Katta ehtimol bilan, Japarov Anqaraga kelganida, unga “bo‘yin egishi” taklif qilingan. Biroq, Qirg‘izistondagi vaziyat va kayfiyat bunga yo‘l qo‘ymaydi. Qolaversa, Qirg‘iziston rahbari arzimagan pul uchun bunday qilishga tayyor bo‘lmagan.