Ozarbayjon hukumati emlashni amalda majburiy qildi

1 sentyabrdan 18 yoshga to‘lgan shaxslar kafe, mehmonxona yoki savdo markaziga faqat COVIDpasportlari bilan kirishlari mumkin.

COVID pasportlari 18 yoshdan katta bo‘lgan barcha talabalar uchun talab qilinadi. 1 sentyabrdan boshlab davlat idoralari va bir qator korxonalar xodimlarining 80% vaksinaning birinchi dozasini, 1 oktyabrdan ikkinchisini olishi yoki COVID-19 immunitet sertifikatiga ega bo‘lishi kerak.