Japarov hukumat boshqaruvini yana-da mustahkamlashga belbog‘ladi

Aftidan, Qirg‘iziston Prezidenti shu qadar yaxshi dam olganki, u hukumat ustidan rahbarligini yana bir bor tasdiqlashga tayyor. Mamlakatda bosh vazir lavozimini bekor qilishni, prezidentni esa hukumat boshqaruvini o‘zi bajarishi taklif qilinmoqda.

Tarixiy jihatdan saylovchilarning eng past faolligiga qaramay, 2021 yil 10 yanvarda referendumda qatnashganlarning aksariyati prezidentlik tizimini yoqlab ovoz berishgan edi. O‘sha vaqtda Konstitutsiya o‘ninchi marta o‘zgartirilgandi.

Biroq, Qirg‘izistonning yangi Konstitutsiyasining asosiy elementlari klassik prezidentlik boshqaruv shakliga to‘g‘ri kelmaydi, aksariyat kiritilgan o‘zgartirishlar ortiqcha va takrorlanishdan iborat.

Masalan, Konstitutsiyaga binoan barcha lavozimga tayinlashlar ijro etuvchi hokimiyatda va uning barcha qarorlari prezidentning qo‘lida. Prezident “Qirg‘iziston Respublikasi ijro hokimiyatini boshqaradi”. Shuning uchun Konstitutsiyaga Prezidentdan alohida “Ijro etuvchi hokimiyat” bo‘limi kerak emas. Bu ortiqcha.

Shuningdek, prezident maʼmuriyatini ham, vazirlar mahkamasini ham o‘zi shakllantiradi. Prezidentlik tizimining mantig‘iga ko‘ra, bitta maʼmuriyat bo‘lishi kerak – prezident maʼmuriyati, bu bir vaqtning o‘zida vazirlar mahkamasi va ijro etuvchi hokimiyatdir.

Kuzatuvchilarimiz aytganidek “mantiq chatni tark etganida” kabi xolat yuz bergandek.