Turkiya muxolifati Erdo‘g‘onni yo‘q qilish uchun birlashdi.

Erdog‘o‘nga qarshi Kamol kurashadi.

6 mart kuni Turkiya muxolifati prezidentlikka nomzodini rasman eʼlon qildi. Tanishing Turkiyaning “Oltilik ittifoqi” muxolifat alyansidan yagona nomzod sifatida eʼlon qilingan Respublika Xalq partiyasi rahbari Kamol Qilichdaro‘g‘li. U mamlakatda ikkinchi o‘rinda turadigan Respublika Xalq partiyasi rahbari.

Erdo‘g‘onning ochiq tanqidchisi

Qilichdaro‘g‘li hukumat muhitida uzoq vaqt davomida zaif va qulay raqib sifatida qabul qilingandi, biroq, so‘nggi yillarda siyosatchi qisman saylovchilarini ishonchni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Zilziladan so‘ng, Kilichdaro‘g‘li hokimiyatni tanqid qilishning o‘ziga xos chizig‘ini yaratdi va qurbonlarning ko‘pligini asosiy sababi deb – barcha kuch bir inson qo‘lida jamlanganligini ko‘rsatdi.

Turkiyada fevral oyidagi zilzilalar natijasida 46 mingdan ko‘proq aholi, 105 ming ortiq bino butunlay vayron yoki kuchli, yana 225 mingdan ortiq inshoot  o‘rtacha yoki yengil zarar ko‘rdi.

14 may kuni parlament va prezidentlik saylovlarini kutayotgan Erdo‘g‘on bir yil ichida hammasini tiklashga vaʼda bermoqda.

Bu Erdo‘g‘onning 20 yillik hukmronligi davridagi qurilish jadalligi. Aynan geologik plitalarni xavfli joylashuvi bo‘lgan Nurdagida ruxsat berilgan 2-3 qavatli uylar o‘rniga 8 qavatli uylar qura boshlaganlari keng ko‘lamli falokat sababi. Eslatib o‘tamiz, Erdo‘g‘onning partiyasi aʼzosi Nurdagi xokimi hibsga olingan.

O‘n minglab qurbonlar, bu nafaqat tabiiy ofatlar, balki uzoq muddatli korrupsion siyosat, 2022 yil oxiriga kelib deyarli 65% lik inflyatsiya, dissidentlarning taʼqib qilinishi, muxolifat ommaviy axborot vositalarining yopilishi – Putinning do‘sti Erdo‘g‘onning to‘liq avtokratiya siymosi.

Muxolifat bloki turklarga parlament demokratiyasiga qaytishini, mamlakatning iqtisodiy va xalqaro siyosatida jiddiy o‘zgarishlarni vaʼda qilmoqda.

Bashorat qilish qiyin: ayrim so‘rovlar muxolifat blokining qo‘li baland kelishini ko‘rsatmoqda.

Boshqalar esa saylovchilarning 52 foizi Erdo‘g‘onga ovoz berishga tayyorligi, uning “Adolat va taraqqiyot” partiyasi esa 41-42 foiz ovoz olishini daʼvo qilmoqda.

Haqiqatda qanday bo‘lishini, Turkiya qaysi yo‘ldan va kim bilan borishini vaqt ko‘rsatadi. Biz esa tomosha qilamiz.