“Tolibon oqibatini tushunib, harbiy yo‘lni tanladi va endi afg‘on xalqini azob-uqubatlarga mahkum qiladi”.

Bu haqda AQSHning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tom Uest PBC telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon” sanksiyalarining bekor qilinishiga nafaqat Qo‘shma Shtatlar qarshilik ko‘rsatmoqda – bu xalqaro hamjamiyatning jamoaviy pozitsiyasi bo‘lib, u Tolibondan maʼlum bir kuchlar orqali “masʼuliyatli hukumat” sifatida obro‘ qozonishini istaydi.

Shu bilan birga, insonparvarlik yordami shart emas, shunday bo‘lsada unga 474 million dollar ajratilmoqda.

Qo‘shma Shtatlar va xalqaro hamjamiyatning taʼlim bo‘yicha pozitsiyasi: Tolibon 20 yil davomida shakllangan o‘quv dasturini o‘zgartirmaslikka vaʼda berdi. Ularning aytishicha, qizlar 12 provinsiyadagi maktablarda hech qanday cheklovlarsiz taʼlim olishi mumkin, ammo buni kuzatib borish uchun joylarda mustaqil kuzatuvchilar kerak bo‘ladi deyilmoqda xabarda.