AQSh Afg‘onistonga qarshi siyosat va iqtisod orqali kurashni davom ettirmoqda – Tolibon

“AQSh Afg‘onistonni 2001 yilda kunduzi ishg‘ol qilgan va ular bu yerdan qochib chiqqanlarida, soat 00.00 ni ko‘rsatgan edi”, dedi Tolibon muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sher Muhammad Stanekzay.

U Kobul aktivlarining muzlatilishini Afg‘oniston ishlariga aralashish deb baholadi.

Rasmiyning qo‘shimcha qilishicha, dunyo tomonidan Afg‘onistonga ko‘rsatilayotgan insonparvarlik yordami yetarli emas va mamlakatdagi mavjud muammolarning yuzdan birini ham hal qilishga qodir emas.

Stanekzay qo‘shni davlatlarni Afg‘oniston o‘z qo‘shnilari bilan savdo qilishi uchun chegaralarini ochiq saqlashga chaqirdi, shuningdek, afg‘onlar uchun vizani soddalashtirishga chaqirdi.

“Biz barcha davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini o‘rnatishni xohlaymiz. Biroq dunyo va birinchi navbatda AQSH Afg‘onistonda mustaqil hukumat bo‘lishini istamaydi va shuning uchun ular Tolibon rahbariyati bilan konsensusdan qochishadi”, — deya qo‘shimcha qildi u.