Xitoy: “AQSh tomonidan faoliyati olib borilayotgan biolaboratoriya to‘g‘risidagi maʼlumotlarni ochiqlashi kerak”

“AQShga tegishli bo‘lgan biologik laboratoriyalar dunyo bo‘ylab 336 tani tashkil etadi.

▪️Ularning Pentagon bilan aloqasi qanday?

▪️Qanday qilib AQSh bu laboratoriyalarni xavfsizligini saqlaydi?

▪️Nega 20 yildan ortiq vaqt davomida Qo‘shma Shtatlar “Biologik qurollar bo‘yicha konvensiya”ni tekshirish mexanizmini yaratishga doimo to‘sqinlik qilmoqda, ular nimadan xavotirda?

▪️Fort-Detrik laboratoriyasining koronavirus tarqalishiga qanday aloqasi bor?” – deya savollar bilan Xitoyning Qozog‘istondagi elchixonasi rasmiy saydida murojaat qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning “Jenmin jibao” gazetasi 2021 yilda Qo‘shma Shtatlar Fort Detrikdagi maxfiy harbiy laboratoriyasidan uzoq bo‘lmagan hududda pnevmoniya avj olganidan keyin laboratoriyani yopilgani bo‘yicha turli savollar yo‘llagan edi.

❗️ Fort Detrik laboratoriyasi yaqinidagi sabablari “nomaʼlum” pnevmoniya epidemiyasi:

2019 yil sentyabr oyida biolaboratoriya joylashgan Merilend shtati hisobotida “elektron sigaret bilan bog‘liq pnevmoniya” holatlari ko‘payib borayotgani qayd etilgan.

Shu bilan birga, o‘sha yilning iyul oyida Fort Detrik yaqinidagi qariyalar uylarida ham nafas yo‘llari kasalligi aniqlangan.

Xuddi shu oyda AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari laboratoriya faoliyati to‘xtatilgani haqida rasmiy bayonot eʼlon qilingan edi.

AQSH va Xitoy domiy ravishda biologik qurollar ishlab chiqarish bo‘yicha bir birini ayblab keladi.

Ayniqsa bundan avj olishlik AQSHning sobiq prezidenti Tramp davrida COVID-19 bilan ayblovlarni Xitoyga qaratilgani (bu yerda ham Uxandagi biolaboratoriya yaqinida bo‘lishi turli shubhalarni keltirib chiqargan edi)

Savolni aynan Qozog‘istondagi Xitoy elchixonasi tomonidan yuborilishi. Aynan AQSHga tegishli bo‘lgan biolaboratoriya mavjudligi umuman Markaziy Osiyoda AQSHga tegishli bo‘lgan bir nechta biolaboratoriya joyshlashganligi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak.

Umuman olganda Markaziy Osiyoda mavjud Rossiya va AQSHga tegishli bo‘lgan biolaboratoriya to‘risida saytimizda hamda ijtimoiy taroqlar orqali bir nechta materiallar eʼlon qilganmiz. Mazkur havolalar (1, 2) orqali tanishib chiqishingiz mumkin.