❗️Rossiya Mudofaa vazirligining 22 mart oqshomidagi vaziyat bo‘yicha berilgan brifingida berilgan maʼlumotlar:
📍Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari havoda Ukrainaning oltita uchuvchisiz uchish apparatini, shu jumladan Merefa yaqinida bitta Bayraktar TB-2 samolyotini urib tushirdi;
📍Ukrainada maxsus operatsiya boshlangandan beri jami 236 ta dron, 185 ta zenit-raketa kompleksi va 1547 ta tank yo‘q qilindi;
📍Yuqori aniqlikdagi qurollar Ukraina Qurolli Kuchlarining Lisichansk va Kramatorskdagi yoqilg‘i omborlarini, Drujkovkadagi raketa va artilleriya qurollari omborini yo‘q qildi;
📍Operativ-taktik va armiya aviatsiyasi Ukrainaning 83 ta harbiy obyektiga, jumladan: to‘rtta qo‘mondonlik punkti, to‘rtta zenit-raketa majmuasi, uchta raketa va artilleriya qurollari va o‘q-dorilari ombori, 68 ta harbiy texnika to‘planadigan joylarga zarba berdi.
P.S.Urushni nomi o‘chsin!